Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Ozarbayjonga bag'ishlangan “Yilning eng saralari” tanlovi yakunlarini sarhisob qildi va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.


Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021 yilda O'zbekistonda e'lon qilingan Ozarbayjonga doir “Yilning eng saralari” tanlovining yakunlarini sarhisob qildi.

Ozarbayjon Madaniyat markazida shu munosabat bilan o'tkazilgan marosim 31 dekabr - Dunyo ozarbayjonlarining birdamlik kuni va yangi yilga bag'ishlandi.

Tadbirda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi xodimlari, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbariyati, O'zbekiston fan, madaniyat, ta'lim sohasi vakillari, mahalliy ozarbayjonlar, o'qituvchilar va universitet talabalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Birinchi bo'lib so'zga chiqqan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov 2021 yil ikki mamlakat o'rtasidagi madaniyat sohasida muvaffaqiyatli va samarali yil ekanini ta'kidlab, yil davomida amalga oshirilgan ishlar va loyihalar haqida ma'lumot berdi.

Diplomat Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko'ra, O'zbekistonning Turon kutubxonasida "Qorabog' markazi", Nukus Davlat Pedagogika institutida esa Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi tashkil etilganini ta'kidladi.

Diplomat O'zbekistonning "Turon" kutubxonasi bilan Shusha rayon Markaziy Kutubxonasi orasmida memorandum imzolanganini, Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "Ozarbayjon kinosi kunlari"ni tashkil etish, Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat va adabiyot kunlari tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, ko'plab xalqaro anjumanlar, taqdimotlar, konsert dasturlari, ko'rgazmalar, nashriyot loyihalari amalga oshirilganini aytib o'tdi.

Yil davomida 30 ga yaqin o'zbek olimlari, jurnalistlari va blogerlari Ozarbayjonda safarda bo'lganini qayd etgan Samir Abbasov ozod Qorabog'da ikki marta o'zbek jurnalistlari media-turlarni uyushtirilganini haqda to'xtaldi.

Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori, Professor Erkin Nuriddinov o'tayotgan yildagi muvaffaqiyatlar borasida to'xtalar ekan, Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy yubileylari munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlikda muhim loyihalar amalga oshirilganini ta'kidladi. Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si tarixda birinchi marta o'zbek tiliga, Alisher Navoiy "Xamsa"si esa ozarbayjon tiliga tarjima qilinganini qayd etdi. Professor Erkin Nuriddinov ikki mamlakat o'rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish yo'lida faol harakat qilayotgan barcha arboblarga, shuningdek Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan o'zbek jurnalistlari ishtirokida Ozarbayjonning ishg'oldan ozod etilgan hududlarida tashkil etilgan media-tur natijasida yaratilgan "Vatan urushi: Temir musht" hujjatli filmi namoyish etildi.

So'ngra 2021 yilgi "Yilning eng sarasi" tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

"O'zbek matbuotida Ozarbayjon haqida eng ko'p material e'lon qilgan yilning mashhur jurnalistlari" nominatsiyasi bo'yicha "darakchi.uz " yangiliklar portali jurnalisti Sardorbek Rahmonkulov, "xabar.uz" portal jurnalisti Zafarjon Qosimov, "human.uz" yangiliklar sayti jurnalisti Muslimjon Mirzajonov taqdirlandi.

"Shusha-Ozarbayjonning madaniyat poytaxti" mavzusida yilning eng qiziqarli maqolalarini chop etgan saytlar" nominatsiyasi bo'yicha "uza.uz ", "interpress.uz ", "ishonch.uz" va "news.uz " yangiliklar portallari mukofotga loyiq ko'rildi.

"Turkiy davlatlar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni keng targ'ib etuvchi yilning eng faol jurnalistlari" nominatsiyasida O'zbekiston interpress.uz" yangiliklar portali jurnalisti Dilshod Islomov, Qirg'izistonda faoliyat olib borayotgan taniqli ozarbayjonlik jurnalist Ramiz Mashedihasanli maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"sini o'zbek tiliga tarjima qilgan O'zbekiston xalq shoiri Kamol Jamol va Alisher Navoiyning "Xamsa" sini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan ozarbayjonlik professor Ramiz Askar "2021 yilning eng yaxshi tarjima asarlari" nominatsiyasida maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

"Do'stlik rishtalarini targ'ib etuvchi yilning eng faol madaniyat va fan arbobi" nominatsiyasida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari, shoir G'ayrat Majid, O'zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, Professor Niginaxon Shermuxamedova, Ozarbayjon jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Turkel" jamg'armasi prezidenti, jurnalist Hokima Xalilova taqdirlandi.

"Ozarbayjon va O'zbekiston telekanallarida ikki mamlakat do'stligi, hamkorligini keng yoritgan jurnalistlar" nominatsiyasida Ozarbayjonning "Real TV" telekanali boshlovchisi Xatira Mammadovaga, O'zbekiston "Madaniyat va ma'rifat" telekanali jurnalisti Nurulla Narzullayevga maxsus mukofot topshirildi.

"Yil davomida Ozarbayjon-O'zbekiston do'stligi va hamkorligini eng keng targ'ib qilgan ozarbayjonlik jurnalistlar" nominatsiyasida AZERTAJNING Markaziy Osiyo, O'zbekiston bo'yicha maxsus muxbiri, Gulu Kazimov, moderator.az " axborot sayti jurnalisti Seymour Aliyev, "müsavat.az" yangiliklar sayti jurnalisti Xolid Kozimli va "redaktor.az yangiliklar sayti jurnalisti Oqil Aslan taqdirlandi.

"Ozarbayjon madaniyati haqida yilning eng yaxshi teledasturi" nominatsiyasida ham g'oliblar aniqlandi: O'zbekistonning "BIZtv" Internet-kanali jurnalisti Jaloliddin Mirzayev hamda Ozarbayjonning "Real Tv" telekanalidagi "Real Vatan" loyihasi rahbari va boshlovchisi Siyovush Husaynli maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

So'ngra tadbir O'zbekistonning taniqli san'atkorlari ozarbayjon musiqasini, "Kaykab Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli milliy raqslarimizni ijro etgan badiiy dastur bilan davom etdi.

25.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint