Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida xayriya tadbiri o'tkazildi


Yangi yil bayrami munosabati bilan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida xayriya tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahridagi 21 -, 22-va 30-Mehribonlik uylarining 200 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari, asosan ota-ona aramog'idan mahrum bo'lgan bolalar va mazkur muassasa o'qituvchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar dastlab Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyi, Haydar Aliyev muzeyida bo'lib, Markaz foyesida tashkil etilgan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdi.

Markazdagi Haydar Aliyev muzeyida bo'lib o'tgan uchrashuvda markaz xodimi Kifoyat Pirmamedova ozarbayjon-o'zbek do'stligi haqida so'z yuritar ekan, bu do'stlikni mustahkamlash, xalqlarimiz o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda bolalarning mas'uliyati katta ekanini ta'kidladi. U bolalarning bilim va ko'nikmalar egallashi muhimligini ta'kidlab, Ozarbayjon davlati, Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan mamlakatimizdagi Mehribonlik uylariga hamxo'rlik qilish, ular faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zlab berdi.

Tadbir yakunida bolalar dasturxonga taklif etilib, milliy taomlar bilan mehmon qilindi.

27.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint