Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozbekiston Xalq shoiri Jamol Kamolga “Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi” xotira nishoni topshirildi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko'ra Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” sini o'zbek tiliga tarjima qilgan O'zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol Madaniyat vazirligi tomonidan ta'sis etilgan “Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi sharafiga esdalik nishoni” bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov xalq shoiri, tarjimon Jamol Kamolning xonadoniga tashrif buyurib, uning daho Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sini tarixda ilk bor o'zbek tiliga tarjimasi, dunyoga mashhur Nizomiy Ganjaviy merosini targ'ibiga qo'shgan hissasi Ozarbayjon davlati tomonidan yuksak baholanganini va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirining buyrug'i bilan "Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlanganini bildirdi.

Samir Abbasov yil yakunlari munosabati bilan O'zbekistonda o'tkazilgan ko'rik-tanlov g'olibi diplomini Jamol Kamolga topshirdi. Ta'kidlash joizki, Nizomiy Ganjaviyning Jamol Kamol tarjima qilgan "Xamsa" asari har yil yakunida O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o'tkazilgan "Yilning eng go'zal tarjima asari" va "Yilning eng yaxshi adabiy loyihasi" nominatsiyalari bo'yicha maxsus diplom va pul mukofotiga munosib ko'rilgan.

Qayd etish kerakki, o'zbek tiliga tarjima qilingan Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si O'zbekistonda ham, turkiy dunyoda ham katta qiziqish uyg'otdi, nashr taqdimotlari keng jamoatchilik, olimlar ishtirokida har ikki mamlakatda bir necha bor o'tkazildi. Joriy yilning 25 noyabr kuni Nizomiy Ganjaviy xalqaro forumi doirasida Bokudagi Fairmont mehmonxonasida Ozarbayjon va O'zbekiston olimlari, tarjimonlar ishtirokida keng taqdimot marosimi o'tkazildi.

O'zbekiston xalq shoiri, mashhur olim-tarjimon, 85 yoshli Jamol Kamol Ozarbayjon davlatining e'tibori va g'amxo'rligiga yuqori baho berib, Prezident Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi. Shoir Kamol Jamol daho Nizomiy Ganjaviyning ijodi nafaqat turkiy, balki butun jahon she'riyatining cho'qqisi ekanligini ta'kidlab, Nizomiy asarlarini tarjima qilganidan baxtiyor ekanini e'tirof etdi. U Ozarbayjon xalqining buyuk va iste'dodli xalq ekanligini, jahon madaniyatiga Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy va boshqa shu kabi shaxslarni berganini qayd etdi. Jamol Kamol Ozarbayjonni tarixiy g'alabasi bilan tabriklab, 30 yil davomida Armaniston tomonidan bosib olingan yerlar, tarixiy Shusha shahrini Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon armiyasi ozod etgani unga va butun O'zbekiston xalqiga katta quvonch bag'ishlaganini ta'kidladi.

28.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint