Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Alisher Navoiyning Bokuda ozarbayjon tilida chop etilgan “Xamsa”si taqdimoti bo'lib o'tdi.


O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning ozarbayjon tilida Bokuda chop etilgan “Xamsa” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

“Xamsa” Ozarbayjon tiliga Boku Davlat universiteti Turkologiya kafedrasi mudiri, professor Ramiz Asqar tomonidan tarjima qilingan.

Taqdimotda O'zbekiston fan va madaniyat arboblari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar ishtirok yetdi.

Taqdimotni ochar yekan, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid Ramiz Asqar ijodi haqida to'xtalib, professor o'zbek adabiyotini targ'ib qilish, tarjima qilish va o'qitish bilan 2010 yildan buyon shug'ullanib kelayotganini ta'kidladi. Uning aytishicha, so'nggi uch yil davomida Ramiz Asqar ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlarini tarjima qilish ustida ish olib bormoqda. Ramiz Asqar tarjima qilgan Navoiyning mashhur "Xamsa" si ("Hayrat ul-Abror"," Farhod va Shirin"," Layli va Majnun"," Sab'ai-sayyor" va "Saddi-Iskandariy") bu yil ozarbayjon tilida nafis dizaynda nashr etildi. Bundan tashqari, Ramiz Asqar Alisher Navoiyning besh risolasini ozarbayjon tiliga, jumladan, "Mahbub ul-qulub"ni ham tarjima qilgan.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug'i bilan 2021 yil buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilingani va O'zbekistonda buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev farmon imzolaganini ishtirokchilarga ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, 2011 yilda Ramiz Asqar XX asr o'zbek she'riyati antologiyasini tayyorlab, nashr ettirgan. O'zbek mumtoz shoirlari Sulton Husayn Bayqaro va Zahiriddin Muhammad Boburning devonlari ozarbayjon tiliga tabdil etildi va Bokuda chop ettirdi. Boburning olim tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan mashhur "Boburnoma" asari nashrdan chiqqan. Ramiz Asqar o'zbek adabiyotiga oid jami 15 ta kitobni kitobxonlarga taqdim etdi. Hozirda olim Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida "Navoiy lirikasi" monografiyasi ustida ish olib bormoqda.

Samir Abbosovning ta'kidlashicha, yaqinda Ramiz Asqar Astanada Alisher Navoiy oltin medali bilan taqdirlandi, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi "Turon" hay'ati qarori bilan ushbu akademiyaning akademigi unvonini oldi.

Ramiz Asqar taqdimotga onlayn qo'shilib shunday dedi: "Men Alisher Navoiy "Xamsa"sini nega tarjima qildim? Men ishlayotgan universitetda Alisher Navoiy ijodiga 6 soat dars vaqti ajratilgan. Talabalarga bu ulug' shoir asarlarini o'qish topshirilganda, bu asarlarning hech biri ozarbayjon tilida yo'qligi ayon bo'ldi. Shuning uchun men bu ishni qildim va uni muvaffaqiyatli yakunladim".

Olim ilk "Xamsa"ni Nizomiy Ganjaviy yozganini ta'kidladi. Nizomiy Ganjaviydan keyin turli davrlarda 100 ga yaqin "Xamsa" yozilgan. "Xamsa"larning eng mashhurlari Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy qalamlariga mansublaridir. Bu shoirlardan uchtasi "Xamsa"ni forsiyda, Alisher Navoiy esa turkiy tilda yozgan.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov, professorlar Nurboy Jabborov, Ibrohim Haqqul, dotsent Gulbahor Ashurova va boshqalar Ramiz Asqarning mehnatiga yuqori baho berib, olimning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

30.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint