Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon xalq yozuvchisi Aziza Jafarzoda tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan xalqaro onlayn konferensiya bo'lib o'tdi.


Tadbir Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi tashabbusi bilan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko'magida, “Mintaqaviy huquqiy va iqtisodiy ta'lim”, “Nafas” uyushmalari, Ozarbayjon Davlat Pedagogika universiteti Guba filiali texnik ko'magida o'tkazildi.

Tadbir moderatori, Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi eksperti Akbar Qo'shali konferentsiyaning ahamiyati haqida to'xtaldi. U onlayn anjumanda turkiy tilli mamlakatlar va jamoalar yozuvchilari,ziyolilarning ishtirok etayotganini ta'kidlab, xalq yozuvchisi ijodida va ijtimoiy faoliyatida dunyo ozarbayjonlari bilan bir qatorda turk dunyosi alohida o'rin tutishini ta'kidladi.

Tadbirda Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva so'zga chiqib, xalq yozuvchisi bilan unutilmas uchrashuvi haqida so'zlab berdi va xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Ganira Pashayevaning dediki, uning hayoti qiyinchilik, sinov va iztiroblar ichida o'tsa-da, ammo u hech qachon g'urur va matonatini sindirmagan. Barcha musibatlar qarshisida vazminlik bilan, mardona turib, kurashni davom ettira oldi, xalqi uchun qimmatli adabiy meros qoldirdi. Bu boy adabiy merosning har bir sahifasi Vatanning milliy-tarixiy taqdiri, uning ma'naviy-axloqiy qadriyatlari, ko'p asrlik buyuk madaniyati bilan bog'liq. Shuning uchun ham bu asarlar Ozarbayjonning bugungi va kelajak avlodlari uchun juda qimmatli milliy-ma'naviy merosdir. Sayid Azim Shirvoniy haqida "Dunyoda ovozim bor", Shoh Ismoil Xatoiy kurashiga bag'ishlangan "Boku - 1501 " va boshqa romanlarini, jumladan, rang-barang mavzulardagi hikoyalarini katta qiziqish bilan o'qiganman. Lekin, tan olaman, eng sevimli asarlarimdan biri "Onamning ertaklari" edi. Ganira Pashayeva: "44 kunlik Vatan urushida qo'lga kiritilgan g'alaba bilan faxrlanayotgan bir paytda Aziza xonimning 100 yilligini nishonlashga alohida ishtiyoq bor. Aminmizki, uning ruhi bu g'alabadan biz kabi xursand. Chunki kelajak avlodlar uchun tinch, osoyishta, mustaqil Vatanda baxt-saodat, mustaqillik uning hayotdagi eng katta orzusi edi"

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Hikmat Babaog'lu xalq yozuvchisi bilan uchrashuvlar, uning ijodi haqida so'zladi, o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovning qayd etishicha, ming yillik tarixga ega bo'lgan Ozarbayjon adabiyotida ilk ayol san'atkorlar bundan 800 yil muqaddam tarix va adabiyot sahnasiga kirib kelgan. Uning ta'kidlashicha, M.Ganjaviy nomi bilan bog'liq bu adabiy harakatning davomchilari orasida nasr sohasidagi ana shu an'analarni muvaffaqiyatli davom ettirgan va rivojlantirayotgan Aziza Jafarzoda ham bor.

Samir Abbasovning bildirishicha, markaz tarixiy romanlar muallifi Aziza Jafarzoda asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilishni amalga oshiradi, "Aziza Jafarzoda sahifasi"ni "Vikipediya" ochiq ensiklopediyasining o'zbek va boshqa segmentlarida yaratadi.

Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining muovini Gayrat Majid, shoir-tarjimonlar Xosiyat Rustam, Shahlo Qosimovalar ishtirok etdilar.

Boshqa chiqishlarda Aziza Jafarzodaning serqirra adabiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyati, uning ajoyib xizmatlari, mehribonligi, asarlarini turkiy o'lkalarda va to'plamlarda tarqatish, asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish kabilar haqida so'z bordi, takliflar bildirildi.

Aziza Jafarzoda adabiyotga, ilm-fanga, ona xalqiga fidokorona xizmat qilgani alohida ta'kidlandi. Yosh kadrlarni tayyorlashga ham o'z hissasini qo'shgani e'tirof etildi.

Aziza Jafarzoda vorisi Turon Ibrohimov video xabar vositasida xalq yozuvchisining uyi, boy kutubxonasi, uning ijodiga doir yangi nashrlarni namoyish etdi, dil so'zlari bilan o'rtoqlashdi. T. Ibrohimov oila nomidan tashkilotchilarga, nutqlarga, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

30.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint