XABARLAR 2021
O'zbekistonning innovatsion loyihasi asosida tashkil etilgan Preziden maktabiga Ozarbayjonga oid boy nashr kolleksiyasi sovg'a qilindi
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan O'zbekistonning yetakchi universitetlari, kutubxonalar va o'rta maktablarga Ozarbayjonga oid boy kitob to'plamlari hadya etilmoqda.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi "Ozarbayjonni taniylik" loyihasi asosida Toshkent shahridagi Preziden maktabiga o'lkamizga oid boy nashr kolleksiyasini topshirildi.
Shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Prezidentining maxsus farmoni bilan yaratilgan Prezident maktablarida tahsil olish uchun mamlakatning barcha hududlaridan iqtidorli bolalar tanlab olinnadi. Dunyodagi yetakchi davlatlarining ta'lim dasturlari asosida ona tilida, asosan esa ingliz tilida olib borilayotgan dars programmalarini mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda ko'plab xorijiy muallimlar ham amalga oshirmoqda.
Sovg'a qilingan ushbu to'plamda Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyotlari, siyosati,iqtisodiyoti, shuningdek, Armanistonning tajovuzi va ishg'ol siyosatiga, shuningdek, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilana tarjima qilingan Ozarbayjon mualliflarining kitoblari o'rin olgan. Kitoblar orasida Haydar Aliyev Jamg'armasi va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Ozarbayjon Madaniyat Markaziga yuborilgan nashrlar ham o'z aksini topgan. Ma'lumki, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning farmoni bilan 2021 yil "Nizomiy yili" deb e'lon qilingan va unga asoslangan holda daho shoir Nizomiy Ganjavi asarlari mazkur nashr majmuasidan joy olgan.
Maktab direktori Turopboy Shermatov qimmatbaho to'plam uchun Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirib, Ozarbayjon do'st va qardosh o'lka ekanligini, o'zi rahbarlik qilayotgan maktab o'quvchilari bilimga, jumladan qardosh o'lkalar haqida ko'proq ma'lumotga ham ega bo'la olishlarini qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, maktab va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi o'rtasidagi kelgusidagi hamkorlik haqida memorandum imzolanishi muhim omildir.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi kutubxona-axborot bo'limi boshlig'i Kifoyat Pirmamedova Ozarbayjon - O'zbekiston madaniy aloqalarini mustahkamlash uchun amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'z yuritdi va Markazning "Ozarbayjonni taniylik" loyihasini doirasida O'zbekistonning o'quv yurtlariga ko'plab nashrlar sovg'a qilganini bildirdi.
Prezident maktabining yuqori sinf o'quvchilari Ozarbayjon tomonidan hadya qilingan kitoblar asosida "Olovlar yurti - Ozarbayjon" nomli kitob ko'rgazmasida ishtirok etib, Ozarbayjon haqidagi bilimlarini baham ko'rishdi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov ila Xalq ta'limi vaziri muovini Sarvar Boboxo'jaev va Maktab rahbariyati bilan o'tkazilgan uchrashuvda o'zaro hamkorlik aloqalarini yaratish va Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan doimiy ravishda Ozarbayjonga oid yangi nashrlarning Toshkentdagi Prezident maktabiga hadya etilishi haqida kelishib olindi.
15.02.2021