Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oshiq (baxshi) Alasqarning 200 yillik yubileyi nishonlanadi


Prezident Ilhom Aliev “Oshig Alasqarning 200 yilligini nishonlash haqida”gi farmonni imzoladi.
Farmonda shunday deyiladi:
2021 yilda Ozarbayjon baxshichilik san'atining taniqli vakili, zabardast so'z ustasi Oshiq Alasqar tavalluduga 200 yil to'ladi.

Oshiq Alasqar ko'pasrlik o'tmishga ega bo’lgan baxshi san'ati an'analariga eng yuksak badiiy-estetik mezonlarga yangi mazmun bag'ishlagan,xalq ruhi bilan hamohang asarlari bilan Ozarbayjonning madaniy boyliklar xazinasiga benazir tuhfalar baxsh etgan. San'atkorning ona tabiatga muhabbat va vatanparvarlik tuyg'ularini birlikda singdiradigan,ona tilimizning sofligini, ma'no qudratini va cheksiz ifoda imkonlarini o'zida jamlagan teran koloritli ijodi Ozarbayjon adabiyotining eng yorqin varaqlaridan biridir. Oshiq Alasqarning ko'p sonli shogirglardan iborat bir maktab tashkil qilgan va kelajakning mashhur xalq shoirlariga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Ozarbayjon baxshi san'atining umumbashariy qadriyatlar qatorida saqlangan dunyo nomoddiy madaniy merosi namunalari ro'yxatiga kiritilishi ham Oshiq Alasqar san'atiga ehtiromning tazohuridir.

Oshiq Alasqarning boy she'riy merosini keng o'rganish, nashr va targ'ibininh muhim bosqichi har doim madaniy va ma'naviy qadriyatlarimizning barcha tamsil etuvchilarini qadrlagan umummiliy lider Haydar Aliyevning nomi bilan bog'liq. San'tkorning yubileylari aynan buyuk liderning tashabbusi bilan davlat darajasida qayd etildi. Buyuk so'z ustasining respublikamizda va uning hududlaridan tashqarida 15o yillik yubiley marosimlari bo'lib o'tayotgan paytda katta ahamiyatga ega bo'lgan hodisa yuz berdi, ozarbayjonlarning azaliy yurtlaridan biri bo'lgan Go'ycha muzofotida, u tug'ilgan qishloqda Oshiq Alasqarning qabri uzra obida qad ko'tardi. Mazkur hashamatli byust qondoshlarimiz o'zlarining ota-bobolari yashagan tuproqlardan haydalgan so'ng armani vandallari tomonidan vayron qilinsa-da, bo'lsa-da, milliy va madaniy borlig'imizning ajralmas qismi bo'lgan Oshiq Alasqar merosi unutilmas tarixiy xotira ramzi sifatida yashamoqda.

Farmonga asosan, Madaniyat Nozirligi Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi va Ta'lim vazirligi bilan birgalikda Ozarbayjon Oshiqlar (baxshilar) Birligining takliflarini hisobga olgan holda ustod san'atkor Oshiq Alasqarning 200 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar rejasini ishlab chiqishi kerak.
Ushbu buyruqdan kelib chiqadigan masalalarni hal qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklanadi.

18.02.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint