Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi O'zbekiston Islom muftiyati bilan birgalikda "Xo'jali qatliomida o'lgan insoniylik" memorial tadbirini o'tkazadi va ehsoniga beriladi.


Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi Ozarbayjon Madaniyat markazi va O'zbekiston Islom muftiyati bilan birgalikda Xo'jali qatliomi qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazadi.

Shu munosabat bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi foyesida qirg'in qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan ko'rgazma – kompozisiya, qatliom dahshatlari, Armaniston vandallar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, dunyodagi yetakchi axborot agentliklari va mashhur odamlar fikrlarini aks ettirgan maxsus video taqdim etiladi.

Foyeda "Ona faryodi" maketi oldida ishtirokchilarga "Adolat haqqi Xo'jali qatliomini tan olaylik" degan yozuvli gullar kompozitsiyasi taqdim etiladi, qirg'inda halok bo'lgan begunoh tinch aholi xotirasiga shamlar yoqiladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan videoda mojaroning boshlanishi, Armaniston tomonidan Ozarbayjon yerlarning ishg'oli, shahar va qishloqlarimiz, madaniy va diniy yodgorliklarimizning vahshiylarcha vayron etilishi, Ozarbayjon Prezidenti Oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev rahnamoligida shonli Ozarbayjon armiyasi tomonidan olib boriligan zafar jangi, Vatan tuproqlarining, qadamjolar, masjidlar, diniy va madaniy yodgorliklarning ozod etilishi va ularning hozirgi ahvoli ko'rsatiladi.

Tadbirda Ozarboyjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Quliyev, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbariyati hamda O'zbekiston Islom muftiyati rahbari so'zga chiqishi rejalashtirilgan.

Qayd etish kerakki, rasmiy chiqishlar va film namoyishidan so'ng O'zbekiston Islom muftiysi tomonidan Xo'jali qatliomi qurbonlari xotirasiga bag'ishlab Ozarbayjon Madaniyat Markazining banketlar zalida Qur'on va duolar o'qiladi va Ozarbayjon davlati nomidan ehson beriladi.

23.02.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint