Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Xojali fojiasi haqida "Malaklar qirg'ini" dostoni ozarbayjon va o'zbek tillarida nashr etildi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi doirasida ozarbayjon shoiri O'qtoy Ismoyillining “Malaklar qirg'ini” asari ozarbayjon va o'zbek tillarida nashr etildi.

Dostonning "Buyuk madaniyat beshigi", "Xojaliga olib boradigan yo'l", "Ozarbayjon va Armanistonlik onalarning tarbiyasi", "Qiyomatning boshlanishi", "Tsiklopning tug'ilishi", "Qiyomat: fevral 26, 1992", "Qavmini la'natlagan askar", "Bobakning ikkinchi qatli", "Chiqirgan qor uyumi", "Oilaviy rekviyem", "Zanjirband bola "," Xo’jali osmonida ruhlar suhbati "," Ilohiy kitob ", "Iblislar kitobi", "Qon bilan yuvilgan Guliston tuprog'i", "Barcha qarindoshlaridan ayrilgan xo’jalilik elegiyasi", "Zamon chaqirig'i", "Birlik madhiyasi", "Xo’jaliga qasamyod qilaman" qismlarida armanlarning ozarbayjon, turk xalqlariga nisbatan tarixiy nafratlari, tarixiy ozarbayjon yerlariga tajovuz, shahar va qishloqlarimiz, madaniy va diniy yodgorliklarimizni vahshiylarcha yer bilan yakson qilinishi, 1992 yil 26 fevralda arman bosqinchilari tomonidan Ozarbayjonning Xojali shahrini vayron etilishi, ayniqsa, Xojali aholisi, bolalar, qariyalar va ayollarni shafqatsizlarcha o'ldirilishi aks ettirilgan.

Asarda Xojali qirg'inining barcha dahshatlari Armaniston millatchilari tomonidan insoniyatga qarshi uyushtirilgan qatliom sifatida namoyish etilgan, qirg'in ishtirokchilari, qo'llari ozarbayjon xalqining qoniga botgan Xojayli jinoyatchilari obrazi yaratilgan, ushbu qirg'in butun insoniyatga qarshi jinoyat ekanligi ta'kidlangan.

E'tirof etish joizki, "Malaklar qirg'ini" dostoni "Qorabog' - Ozarbayjon madaniyatining beshigi" madaniy loyihasi doirasida Ozarbayjonning O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi tomonidan e'lon qilingan "Har lahzamiz Vatan desin!" deb nomlangan she'r tanloviga taqdim etildi. She'r tanlovi g'olibi sifatida tanlandi va maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

She'r o'zbek tiliga tarjima qilinib, Ozarbayjon Madaniyat Markazining buyurtmasi bilan ikki tilli nashr sifatida chop etilgan. She'rni tarjimon Rahmat Bobojon o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Bir yil muddat davomida yozilgan asarni yakunlashning so'nggi oyida (2020 yil may) muallif O'qtoy Ismoyilli vafot etdi.

She'rga "So'z boshi" yozgan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov "Malaklar qirg'ini" she'rini bizni arman bosqini, qonli qotilliklarni unutishga imkon bermaydigan,tarix davomida xalqimizga qarshi qilingan qirg'inlarni adabiyot, she'riyat tilida xalqimizga, dunyoga etkaza oladigan ajoyib asar sifatida baholadi.

S.Abbosov, muallif O’. Ismoyillining Ozarbayjon armiyasi tomonidan bosib olingan yerlarimizni ozod qilish uchun olib borgan 44 kunlik Vatan urushini, Xojalida qo'llari begunoh insonlar qoniga bo'yalgan arman jallodlariga qarshi kurashda erishilgan g'alabamizni, Armaniston armiyasi tor-mor qilinganini ko'ra olmaganligini afsus bilan ta'kidladi. O'qtay Ismoyıllı xotirasi mangu yashaydi, dedi o'z so'zida Markaz rahbari.

U "Malaklar qirg'ini"dostoni Ozarbayjon, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda yuksak darajada kutib olinishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, u muallifning iltimosiga binoan nashr kelajakda ozod qilingan Qorabog'da taqdim etilishini aytib o'tdi.

Malak xislatli inson...
Men O’qtoy muallimni ilk marotaba uning ijodi, yaratgan asari orqali tanidim. Gap shundaki, 2019 yilda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida "Nasimiy yili"munosabati bilan o'zbek va ozarbayjon shoirlari o'rtasida she'riyat tanlovini e'lon qilgandik. Har ikki mamlakatdan adabiyotshunoslar, shoir va qalam ustalaridan iborat hakamlar hay'ati nomiga har kuni o'nlab she'riyat namunalari kelar edi. Ular orasida ulug’ Ozarbayjon shoiri Imodiddin Nasimiy ijodini o'zgacha zavq bilan aks ettirgan "O'qtoy Ismoilli" imzosi bilan yozilgan she'r hay'atning barcha a'zolari, jumladan, shaxsan mening ham e'tiborimni tortdi. Bu she'r bilan tanishgach, O'qtoy Ismoillining ijodi bilan yanada yaqindan tanish bo'lishga boshladim. O'zini Nasimiyning shogirdi deb atagan O'qtoy Ismoillining she'rlari haqiqatan ham Nasimiy poetikasidan, Nasimiy irfonidan, Nasimiy she'riyatining ajib ohanglaridan, Nasimiy she'riyatining tilsimlaridan o'z nasibini olgan....

O'qtoy Ismoilli tomonidan tanlovga taqdim etilgan she'r hakamlar hay'atining yakdil qarori bilan birinchi o'ringa loyiq topildi va biz O'qtoy muallimni mazkur yili O'zbekiston Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro Nasimiy konferensiyasiga taklif etdik. O'qtoy muallim bilan birinchi uchrashuvimiz tanlov ishtirokchilarini taqdirlash va ularga diplomlar topshirish munosabati bilan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan tadbirda bo'lib o'tdi. Sodda, kamtar, sofdil inson O'qtoy muallim ilk uchrashuvda menda katta ijobiy taassurot qoldirdi....

Vatanga qaytganidan keyin ham O'qtoy muallim bilan muntazam aloqada bo'lib turdim. O'rtamizda samimiy do'stlik yaraldi. Muhim sanalarda, bayramlarda yozishib, bir-birimizga yaxshi tilak va istaklarimizni yetkazar edirk. Biroq, men eng ko'p qiziqqan narsa, shunday iste'dodli va ziyoli odamning nihoyatda samimiy va kamtarligi edi. Yozishmalarimizning asosiy mavzusi esa tarix davomida ko'pincha bizni Vatandan, xalqdan, bosib olingan yurtlardan va dushmanlarimiz boshimizga solgan falokatlar, fojialar edi. Bu mavzular har bir Ozarbayjon farzandi kabi mening ham ko'nglimdagi eng og'riqli joy bo'lgani sababli O'qtoy muallimdan ana shunday mavzularni o'z ichiga olgan asarlarni ko'proq taqdim etishni iltimos qilardim. Chunki, uning ijodi bilan tanishar ekanman, shu mavzularda yozilgan o'nlab she'rlariga duch keldim. Shu tarzdagi suhbatlarimizning birida O'qtoy muallimdan Xojali qatliomi haqida she'r yozishni iltimos qilib, uni ikki tilda, o'zbek tilida tarjima qilib nashr etishimizni taklif qildim. Ozarbayjonda ham, dunyoda ham Xojali qatliomi bilan bog'liq ko'plab tadbir va aksiyalar o'tkazdik va bugun ham bu ishimiz muvaffaqiyatli davom etmoqda. Lekin bu qirg’in dahshatlarini o'zida aks ettirgan asar, she'r, badiiy film qalblarga yanada ta’sirli tarzda etib borishiga umidim katta.

Lekin O'qtoy muallim mening taklifimni darhol qabul qilmay, bunday og'ir, mas'uliyatli asarni yaratish unga qiyin bo'lishini, o'zida kuch topa olishiga shubha qilishini aytdi va menga bu javobni yozdi (bu erda shuni ta'kidlab o'tmoqchimanki, men O'qtoy muallim bilan barcha yozishmalarimizni hali ham avaylab asrab kelmoqdaman):

"Ey nurga to'la inson... Alloh Sizni asrasin! Meni qo'llab-quvvatlab bunday taklif bilan murojaat etganingiz uchun bor bo'ling. Menga shunday ishonch bildirganingiz, shunday muhim va muqaddas mavzuda asar yaratishimni istashingizdan yuksakroq sharaf bo'lmaydi! Qorabog' haqida bir qator asarlarim bor. Ammo Siz aytgan mavzuda asar yaratish haqida har safar o'ylaganimda yurak xurujiga uchrashimga oz qoladi. Darrov dahshatga tushaman. Bilmayman, bu asarni yaratishga kuch topa olarmikanman?..”

Men esa O'qtoy muallimning shorlik iste’dodoga, oddiq bir qishloq o'qituvchisining na qadar buyuk, tuyg’u zalvorli yurak sohibi ekanligiga ishonardim va ko’nglimda, ozgina qat’iyatli bo’lib O'qtoy muallimni rozi qila olasam, bu bilan armani vahshiylari tomonidan Ozarbayjonning Xojali shahrida ming bir qiynoqlar bilan qatl etilgan begunoh insonlar, ma’sum go’daklar ruhi oldida bir oz bo’lsa ham taskin topa olamiz, degan his menga dalda berardi.

Shuning uchun O'qtoy muallimga shunday bir jumla yozdim: "Aziz O'qtoy muallim, o'ylaymanki, bu asarni yaratish bilan qirg'inbarotda najot va madadga umidvor bo'gan va bundan mahrum etilgan begunoh go'daklarimiz, vatandoshlarimizning ruhlarini shod etgan bo'lasiz. Fojia kechasida Xojalidan qochib, bu vahshiy, qonxo'r dushmandan jon saqlamoqchi bo'lgan tinch aholi boshiga tishgan ming bir dahshatni, go'daklarni, keksalarni shafqatsiz o'ldirilishi, asir tushgan onaxonlarimiz va opa-singillarimiz faryodi va ko'z yoshlari, Zangilonda bir amallab arman bosqinchilaridan qutulish uchun beliga bolasini bog'lab, o'zini Araz daryosiga otgan va qirg'oqqa chiqqanda ko'zining oqu qorasini daryoning shiddatli to'lqinlari hech sezdirmay olib ketganini, butun bu musibatlarni, mashaqqarlarni jahonga kim etkazishi kerak? Ba'zilarimiz amaldor, ba'zilarimiz diplomat, ba'zilarimiz shoir, ba'zilarimiz jurnalist, ba'zilarimiz esa bu do'zax azobini boshidan kechirgan tirik guvoh bo'lgan holda...”.

Ushbu maktubdan so'ng esa bir kuni O'qtoy muallimdan shunday javob oldim: "Azizimiz Samir muallim! Men "Xo’jali mavzusida Siz taklif etgan asar haqida ko'p o'yladim va uni faqat panoramali poema sifatida yozish mumkin degan qarorga keldim. Ishni ham boshlab yubordim. Ayni paytda uni kamida 40-50 qism, va manzum hikoya sifatida rejalashtirgan bu asarim mening hayotim, bor qobiliyatim va menga Olloh lutfining yakuni bo'ladi. Bunday asarni bir necha oy mobaynida vucudga keltirib bo'lmaydi. Men bu asar ustida qolgan umrim bo'yi ishlayman. Ishni butunligicha taqdim etish, ya'ni men o'ylagan shaklda taqdim etish kamida bir yilni talab qiladi. Lekin men sizlarga yangi yil boshida dastlabki, o'rta, so'nggi qismlar uchun yozgan ba'zi parchalarni yuboraman. Men Sizning yutuqlarga to'la bu yilingizga kadar soyasi solishni hec istamayman!

Men hayotimni to hozirgacha tilga olushga qo'rqqan, meni dahshatga solgan bu yozuv bilan yakunlashga qaror qildim. Har bir mulohaza va takliflaringiz menga yordam bo'ladi. Sizlarni Birdamlik kunimiz va yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman va har kuni bir yuqori pog'onaga qadam qo'yishingizni tilayman! Sen borligingiz uchun men ham bor bo'ldim. Siz haqingizdagi fikrimni Shohmamad bilan suhbatda (tuman"Ismailli xabarlari" gazetasida chop etildi va "Xazon" jurnalida ham e'lon qilinishi kerak) bayon etdim. Oddiy qishloq o'qituvchisining qo'lidan bundan ortig'i kelmaydi. Lekin men juda ham iltimos qilamanki, bu minnatdorchilik men yuborayotgan ilk yozuvlar haqidagi fikr xolisligiga hech ham ta'sir qilmasin. Yana maslak birodaring Ismoilli O'qtoy. 28 dekabr, 2019 yil". Naqadar buyuk kamtarlik... Umrining oxirini ham, asari qalamning so'nggi ishi bo'lishini ham ko'nglidan o'tkazgandi...

Xo’jali qatliomi xalqimiz ongi va xotirasida qanday chuqur iz qoldirganini ikkimiz juda yaxshi anglardik va har ikkimizning yuraklarimiz ham bu qirg'in azobi va alaminiga zo'rg'a bardosh berardi. Ammo O'qtoy muallimning yuragi dosh berolmagan ko'rinadi...

Asarini yozish asnosida O'qtoy muallim qalbida qo'rquv va hayajon borligini, to'satdan umri tugab bu ishni tugata olmay qolishidan xavotirda ekanligini aytardi. Bu asar bilan bir tarix yozilishini, biz esa bu achchiq tarixning bir qismi bo'lishimizni yuragimning tubidan his qilardim.

Qalbi dunyo kabi ochiq, keng eding,
Umidlari dunyolarga teng eding,
Eng go‘zal shaharning biri sen eding,
Aylanding bir to’gu toshga Xo‘jali.
Seningla qilindi dunyomiz vayron,
O‘zidan ulkandir asli bu yoron,
Yodimizda sensan har lahza, har on,
Oz qoldimiz aqldan choshga Xo‘jali.

Bugun ont ichaman o‘z vijdonimla,
Boshqatdan jon berib, boq, bu jonimla,
Men tiriltiraman seni qonimla,
So‘ngso‘zim bo‘lajak: “yasha, Xo‘jali!”

O'qtoy muallim so'zining ustidan chiqdi, dostonni bitirib, bizga taqdim etdi. O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan e'lon qilingan "Qorabog' - Ozarbayjon madaniyati beshigi" loyihasi doirasida "Har onimiz Vatan desin!" she'riyat tanloviga mazkur poemani topshirdik.

U shohiddir bandalarning yer yuziga kelishiga,
Insonning ilk azobiga, sevinchiga, kulishiga,
Ilk chaqaloq tug‘ilgan ul nurli kunga.
Ilk dehqony ilk san’atkor, ilk shoirga maskan yeri,
Qafqaz uning tili bilan so’ylamishdir shirin-shirin.
Ozarboyjon axir oddiy makon emas,
Ilm, san’at beshigidir,
Odob, hikmat beshigidir.
Tarixlarning tomirida oqqan qondir,
Ming yillarning idrok, bilim oltinlarin yukin ortgan,
Qadri aziz insonlikka poy keltirgan bir karvondir.
Dunyoning xaritasida Ozarboyjon ruh kabidir,
So‘ngsiz zamon dengizida suzib yurgan bir kemadir.
Jannatning bir bo‘lagidir, bag‘ishlamish Olloh erga,
Bundan avval million yillar
Azix g’ori ochmish quchoq Qafqazda ilk nasllarga.
Ozarboyjon oshkora bir haqiqatdir, emasdi sir,
Ikki qit’a orasida lovullagan
Madaniyat mash’alidir.

Keyingi bosqichda esa musobaqada maxsus o'rin egallagan va alohida tanlangan o'zbekcha va ozarbayjoncha she'rlarni "Qorabog' - Ozarbayjondir!" deb nomlangan she'riy to'plamda ham nashr etishni rejalashtirgandik.

O'qtoy Ismoillining tanlovga taqdim etilgan "Malaklar qirg'ini" dostoni hakamlar hay'ati tomonidan bir ovozdan yuksak baholanib, birinchi o'ringa loyiq topildi. Poemaning keng hajmda ekanligini hisobga olgan holda uni o'zbek tiliga tarjima qilib, alohida nashr qilish g'oyasi yaralgandan so'ng bugun qo'lingizda turgan kitob dunyoga keldi.

Lekin, afsuski, O'qtoy muallim bularni ko'ra olmadi, uning Vatan, xalq, millat ishqi bilan urgan yuragini o'tgan yilning may oyida nogahon to'xtadi... Farishta yuzli odam bu dunyoni tark etib, bizga "Malaklar qirg'ini" poemasini armug'on qilib bu dunyoni tark etdi... Go'yoki, O'qtoy muallim bu asarni kutib turgandek, uni bititirganidan ko'p o'tmay bu dunyoga abadiy ko'z yumdi.

U Ozarbayjon qurolli kuchlarining bosib olingan ona tuproqlarimiz ozodligi yo'lida olib borgan 44 kunlik Vatan urushini, qo'lga kiritgan g'alabamiz, Xojalida begunoh xalqimizni qiynoqqa solgan, ularni xususiy shafqatsizlik bilan o'ldirgan arman jallodlarining, bosqinchi arman qo'shinlarining qanday jazolanganini, tor-mor keltirilib, yerlarimizdan qanday quvilganini ko'rmadi. Lekin u bularning barchasiga amin edi, bir kuni Oliy Bosh qo'mondon boshchiligidagi shonli Ozarbayjon qurolli kuchlari tarixni qayta yozishiga, fojialarimiz, shahidlarimiz qasosini olishiga ishonardi:

Senga qarshi turmoqqa lashkarning ham yo‘q haddi,
Marsh, oyog‘ing ostida sinsin yovlarning qaddi!
Savdo mavzusi emas Ozarboyjon sarhadi,
Vaqti keldi, dushmanga ber tarixiy jazoni,
Tangri o‘zi bergan-ku senga xayru duoni!

Titratgil zilziladek jabhaning qum-tuprog‘in,
Jahannamdan kelsin, qo‘y, shaytonlarning so‘rog‘i,
Yonsin sening qo‘lingda Qorabog‘ning chirog‘i,
Otash, otash, otash och yuz-yuz vulqon zahmi-la,
Yor dushman yuragini jahannam vahmi-la.

Ha, bugun Xojali qatliomi haqida doston yaratgan, uni olamga etkazib, bu asari bilan boqiylikka erishgan"Nasimiyning so'nggi shogirdi" - O'qtoy Ismoillining aziz ruhi shoddir.
"Malaklar qirg'ini" poemasining arman istilosini, qonli qotilliklarni, tarixan xalqimizga qarshi sodir etilgan qirg'inlarni unutmaslik, adabiyot, she'riyat tili bilan xalqimizga, dunyoga yetkazish maqsadida yaratilgan bebaho asar sifatida Ozarbayjon, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda yuksak baholanishiga ishonaman.

25.02.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint