Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda Ozarbayjon Madaniyat Markazi ishtirok etdi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda ishtirok etdi.

Tadbirni iqtisodiyot fakulteti dekani, dosent Rashid Qodirov ochib, xotin-qizlarni tabriklab, ularning jamiyatdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori muovini Po‘lat Zaynalov xotin-qizlarni tabriklagan holda, 1998 yilda Ozarbayjonda oila, xotin-qizlar va bolalar ishlari bo‘yicha Davlat Komiteti tashkil etilganini ma'lum qildi. Ozarbayjon Yevropa Kengashi xotin-qizlar qo‘mitasiga vakil qilingan. Mamlakatimiz BMTning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasining to‘laqonli a'zosi. 1995 yilda Ozarbayjon xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilgan.

Universitet o‘qituvchisi Ra'no Qodirova O‘zbekistonda yashayotgan xotin-qizlar jamoat ishlarida faol ekanini ta'kidlab, ushbu bayram tarixi haqida so‘zlab berdi.

Konsert dasturida Madaniyat Markazining "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli ishtirokchilari Ozarbayjon milliy raqslarini ijro etishdi.

Ushbu bayram munosabati bilan Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutida o‘tkazilgan tadbirda ham "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli ishtirok etdi.

08.03.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint