Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston “Madaniyat va ma'rifat” telekanalida Ozarbayjon va O'zbekiston do'stligi haqida hikoya qiluvchi “Oltin ko'prik” hujjatli filmi namoyish etildi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniy Markazi loyihasi bo'yicha O'zbekistonda "Oltin ko'prik"nomli hujjatli film suratga olindi. Filmni suratga olish O'zbekiston davlat kino fondi ko'magida Toshkentdagi "First Art Media" kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Filmda ikki qardosh mamlakat o'rtasidagi tarixiy aloqalar, do'stlik munosabatlari, umumiy ildiz, madaniyat, urf-odat va an'analarga ega xalqlar o'rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar, shuningdek, bu borada amalga oshirilayotgan ko'plab loyihalar haqida so'z boradi. Filmda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi o'tgan yillar mobaynida bosib o'tgan yo'l, amalga oshirilayotgan loyihalar, ko'plab tadbirlar va ikki mamlakat o'rtasidagi gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasi keng yoritildi.

Hujjatli filmga bergan intervyusida O'zbekistonda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov, "O'zbekiston-Ozarbayjon" Do'stlik jamiyati ijrochi direktori tarixshunos Erkin Nuriddinov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov, O'zbekiston xalq cholg'ulari davlat ansambli badiiy rahbari, professor Feruza Abdurahimova ishtirok etib, O'zbekiston-Ozarbayjonning madaniy aloqalari, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bo'yicha qardosh mamlakatda turli madaniy va ta'lim markazlarida Ozarbayjon xonalarining ochilishi, Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini o'tkazish, Toshkentda Ozarbayjonga bag'ishlangan ko'plab asarlarni nashr etish, shuningdek, do'stona konsertlar, konferentsiyalar, seminarlar, taqdimot loyihalari, yubileylar o'tkazish, O'zbekiston jurnalistlari uchun tashkil etiigan Ozarbayjonga mediaturlar haqida so'zladilar.

Filmda ta'kidlanishicha, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev O'zbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat bergan, Sovet davrida O'zbekiston SSR rahbari Sharof Rashidov bilan samimiy do'stona munosabatlarga ega bo'lgan, mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan mustahkam do'stlik munosabatlari, ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda alohida xizmatlari qayd etilgan.

Filmda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov intervyuda Ozarbayjonning boy madaniyati, qadimiy tarixi targ'iboti juda qiziqarli va sharafli ish ekanini, unga rahbarlik qilayotgan Madaniyat Markazi yurtdoshlarimiz, O'zbekistonda yashovchi mahalliy ozarbayjonlar uchun muqaddas o'choqdir. U Markaz binosining ochilishida so'zga chiqqan Prezident Ilhom Aliyevning so'zlarini keltirdi: "Ushbu Markaz aslida O'zbekiston-Ozarbayjon do'stligining timsolidir". Markazda O'zbekiston-Ozarbayjon do'stlik muzeyi ham faoliyat ko'rsatmoqda. Ozarbayjon Madaniyat Markazi Buyuk lider Haydar Aliyev nomi bilan ataladi. Va bu juda ahamiyatlidir. Prezident Ilhom Aliyev buyuk lider Haydar Aliyev Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun har doim katta sa'y-harakatlar qilganini, munosabatlarimizning bugungi darajasiga erishishida juda muhim rol o'ynashini alohida ta'kidladi.”

Hujjatli film yakunida O'zbekistonning taniqli shoiri Orif Toxtashning "Bir oilaning farzandlari" nomli she'ri yangradi va yana bir bor tarixiy do'stlik bo'ylab safar o'tkazildi.

30.03.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint