Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg18
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Nizomiy Ganjаviyga bag'ishlangan xayriya aksiyasi bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjonda "Nizomi Ganjaviy yili"deb e'lon qilinganiga bag'ishlangan xayriya aksiyasi bo'lib o'tdi.

Madaniyat Markazida bo'lib o'tgan tadbirda Toshkent shahridagi 21, 22, 23-Mehribonlik uylari va Guliston shahridagi 30-sonli Mehribonlik uylarining 200 dan ortiq tarbiyalanuvchilari va tabiyachilari ishtirok etdilar. Tadbirda, asosan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan, shuningdek, nogiron bolalar ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar uchun Madaniy Markazda faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon tarixi muzeyiga ekskursiya uyushtirildi, Markaz foyesida esa ishtirokchilar buyuk Nizomiy Ganjaviyga bag'ishlangan kitob va fotoko'rgazmalar bilan tanishdilar. Ko'rgazmada asosan Nizomiy Ganjaviyning shaxsiyati, uning ijodi, shoirning hikmatli so'zlari, shuningdek, mamlakatimiz haqida qiziqarli kitoblar namoyish etildi.

O'zbekistonda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik haqida so'z yuritdi va kelajakda farzandlarimiz ushbu do'stlikni mustahkamlash va xalqlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun katta mas'uliyat ekanini ta'kidladi. U bolalarning bilim va ko'nikmalarini egallash muhimligini ta'kidlab, Ozarbayjon davlati, Haydar Aliyev fondi tomonidan mamlakatimizda bolalar uylariga e'tibor, ularning faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zlab berdi. Diplomat Ozarbayjon va butun turkiy dunyo ulug' shoiri Nizomiy Ganjaviy yubileyi va "Nizomiy Ganjaviy yili", Nizomiy Ganjaviy ijodiga bag'ishlangan tadbirlar bilan tanishtirdi.

Toshkentdagi 30-maktab-internat direktori Pokiza Ahmadjonova Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusini yuksak baholadi va do'stona loyiha orqali bolalar buyuk Nizomi Ganjaviyning ijodi haqida keng ma'lumot oldilar deya e'tirof etdi. Ozarbayjon bilan do'stona munosabatlar haqida so'zlar ekan, u mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar har doim yuqori darajada bo'lganini alohida ta'kidladi. Pokiza Ahmadjonova tadbir tashkilotchilariga maxsus faxriy diplomlar topshirdi.

So'ngra tadbir ishtirokchilariga Nizomiy Ganjaviga bag'ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Filmda buyuk Nizomning hayoti, jahonga mashhur shoirning ijodi aks ettirilgan.

O'zbekistonning taniqli xonandalari оzarbayjon va o'zbek tillarida qo'shiqlar kuylashdi, bolalar uylarining musiqiy jamoalari O'zbekiston va dunyo xalqlarining qo'shiq va raqslarini namoyish etdilar, Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi "Ozarbayjon qizlari" milliy raqs ansambli mehmonlarga xalq raqslarini ijro etdi.
Tadbir so'ngida bolalar dasturxonga taklif etilib, milliy taomlar bilan mehmon qilindi.

12.04.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint