Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston Islom Akademiyasida “Ozarbayjon va o'zbek xalqlarining milliy qadriyatlari”mavzuida onlayn konferensiya bo'lib o'tdi.


Tadbirda mamlakatimizda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori muovini Polad Zeynalov, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Ozarbayjon-turkman-o'zbek adabiy aloqalari bo'limi boshlig'i, filologiya fanlari doktori Almaz Ulvi Binnatova, ushbu bo'lim xodimi Shabnam Babayeva ishtirok etdi.

Tadbirni universitet o'qituvchisi, dotsent Zebo Qosimova ochib, Ozarbayjon va o'zbek xalqlarining milliy qadriyatlari haqida so'zlab berdi.

Po'lad Zeynalov so'nggi yillarda madaniyat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, Toshkentda Madaniyat Markazi tashabbusi bilan o'zbek tilida chop etilgan Ozarbayjon adabiyoti namunalari haqida so'z yuritdi.

Anjumanda Almaz Ulvi Binnatovaning "Ozarbayjonda Navro'z bayrami", Shabnam Babayevaning "Abdulla Qodiriy ijodida milliy o'ziga xosliklar", Marg'uba Mirqosimovaning" Ozarbayjon va o'zbek adabiyoti misolida milliy qadriyatlar", Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Fuzuliy nomli tadqiqot markazi rahbari, dotsent Gulbahor Ashurova "O'zbek-Ozarbayjon adabiy aloqalari" mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi.

21.04.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint