Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy do‘stona va adabiy aloqalarimiz muqaddimasi” xalqaro musobaqasi e'lon qilindi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga binoan Toshkent Davlat Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda mazkur universitet qoshidagi Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyat, tahsil va tadqiqot markazi bilan hamkorlikda xalqaro musobaqa boshlanishi e'lon qilindi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Farmoni bilan 2021 yil “Nizomiy Ganjaviy yili” deb e'lon qilindi. O‘zbekistonda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Alisher Navoiyning 580 yillik yubileyini o‘tkazish haqidagi Farmonni imzoladi. Bu bilan bog‘liq Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi bilan “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy do‘stona va adabiy aloqalarimiz muqaddimasi” xalqaro musobaqasini e'lon qiladi.

Musobaqada har ikki o’lkada faoliyat yuritayotgan universitetlar, fan va madaniyat muassasalari, olimlar va tadqiqotchilar, shoir va rassomlar, san’at xodimlari, jurnalistlar ishtiroki nazarda tutilmoqda.

Musobaqa quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi: Turkiy olamning g‘urur manbai, jahon she'riyatining zirvasi” mavzusida ilmiy monografiya va ilmiy-tadqiqot asari;
2. “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning jahon madaniyatiga bergan tuhfalari va nima uachun turkiy xalqlar ular shaxsiyati, ijodi bilan faxrlanishi lozim?” mavzusida eng yaxshi esse;
3. “Tasviriy san'atda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari va miniatyuralari” – yoshlar orasida eng yaxshi rasm asari;
4. “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy – shoirlarimizning ilhom manbai, adabiyotimizning uyg‘onish davri, turk dunyosi adabiyotining zirvasi” mavzusidagi Ozarbayjon va O‘zbekiston matbuotida (sayt, gazeta, jurnal) va televizion kanallarda eng maroqli maqolalar va televizion dasturlar.

Qayd etamizki, musobaqa joriy yilning 22 aprel sanasidan boshlanadi va yil oxirida – 1 dekabr sanasida yakunlanadi.

Har bir nominasiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni egallaganlar O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining pul mukofoti va tashkiliy qo‘mitaning faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi. G‘olib bo’lgan ilmiy monografiya O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida ikki tilda chop etiladi.
Batafsil ma'lumot musobaqalar bo'limida keltirilgan.

Musobaqa tashkiliy qo'mitasida har ikki mamlakatning taniqli olimlari, adabiyotshunoslari ishtirok etadi va g'olib ishlar Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O'zbekistondagi turli universitet va madaniy muassasalarda yaratilgan Ozarbayjon o'choqlariga taqdim etiladi.

23.04.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint