Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonlik talabalar Ozarbayjon Madaniyat Markazida buyuk shoir Nizomiy Ganjaviyning asarlari bilan tanishdilar.


Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari Ozarbayjon Madaniyat Markazida “Nizomiy Ganjaviy yili”munosabati bilan “Nizomiy Ganjaviyning insonparvarlik g'oyalari va yosh avlodni tarbiyalashdagi roli” mavzusida o'tkazilgan tadbirda ishtirok etdilar.

Markaz foyesida talabalar Nizomiy Ganjaviyga bag'ishlangan kitoblar va fotosuratlar bilan tanishdilar. Ko'rgazmada Nizomiy Ganjaviyning shaxsi, ijodi, hikmatli so'zlari, Ozarbayjon haqida qiziqarli kitoblar namoyish etildi.

Ular Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon davlatchilik tarixi muzeyi, gilam muzeyiga tashrif buyurishdi.

Markaz xodimi Haydar Aliyev muzeyida ozarbayjon-o'zbek do'stligi haqida so'zlab berdi va ushbu do'stlikni mustahkamlash, xalqlarimiz o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda talabalarga katta mas'uliyat yuklanishini e'tirof etdi. U yoshlarning mamlakat tarixi haqida bilim olishi muhimligini ta'kidlab, Ozarbayjon davlati, Haydar Aliyev fondi faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Markaz kutubxonasida ochiq dars bo'lib o'tdi, Nizomiy Ganjaviyning hayoti va ijodi, Ozarbayjonda "Nizomi Ganjaviy yili" munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berildi. Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"si o'zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilganligi qayd etildi.
Talabalar Nizomiy Ganjaviyning asarlaridan parchalar aytib berishdi.

30.04.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint