Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Vikipediyada Lachin tumani haqida o'zbek tilida yangi bo'limlar yaratilgan.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga muvofiq, "Vikipediya"xalqaro elektron ensiklopediyasi o'zbek tilida Ozarbayjondagi eng qadimiy inson manzilgohlaridan biri – Lachin tumani haqida yangi bo'limlarni joriy etdi.

Bo'limda qayd etilishicha, 1992 yil 18 mayda arman armiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida Lachin tumani arman armiyasi nazoratiga olingan va 28 yil o'tib, Vatan urushi natijasida imzolangan 3 tomonlama deklaratsiya asosida 2020 yil 1 dekabrda ishg'ldan ozod etilib, Ozarbayjonga qaytarilgan.

Lachin tumani haqidagi bo'limning "Madaniyat, ta'lim va tibbiyot muassasalari" qismida 217 ta madaniyat, 142 ta tibbiyot muassasasi, 133 ta idora va muassasa, 100 ta umumta'lim maktabi, 5 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 5 ta musiqa maktabi, 1 ta internat, 1 ta o'rta kasb-hunar maktabi, texnikum, 1 ta aloqa uyi va boshqalar faoliyat ko'rsatganini, va mazkur korxonalar arman ishg'oli oqibatida vayron qilingani va yo'q qilingani qayd etilgan.

Maqolada viloyatning tarixiy, madaniy va me'moriy yodgorliklariga e'tibor berilib, ularning ro'yxati keltirilgan. 1992 yilda arman qurolli kuchlari tomonidan Lachin tumani bosib olinganidan so'ng tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklarning aksariyati vayron qilingani alohida ta'kidlanadi.

Lachinda foydali suv manbalari ko'p bo'lganligi, shifobaxsh mineral suvlarning 20 dan ortiq zaxiralari mavjudligi materiallarda o'z aksini topgan.

Yaratilgan bo'limda Lachin tumanining Minkend hududida joylashgan Istisu hamda Ozarbayjonning xristian merosiga oid alban yodgorligi, Ag'o'g'lan monastiri haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan.

Bundan tashqari, bo'limda tumanda joylashgan Hojazu daryosining o'ng sohilidagi Oqbuloq qishlog'i haqida ma'lumot berilgan. Qayd etilishicha, qishloq nomi o'tmishda Zangezur tumanida yashagan Agko'rpu qabilasining qishlash yerlaridan olingan.

O'zbek tilida yaratilgan Lachin tumani haqida bo'lim bilan havolasi orqali tanishish mumkin.

18.05.2021

  • 8

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint