Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning “Turon” axborot-kutubxona markazida “Ozarbayjon madaniyati” burchagi ochildi.


2019 yilda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va O‘zbekistonning eng qadimiy kutubxonasi va "Turon"axborot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkilotchiligi bilan Toshkentdagi “Turon” axborot-kutubxona markazida “Ozarbayjon madaniyati” burchagining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida taniqli fan, madaniyat arboblari, O‘zbekiston jamoatchiligi, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati rahbariyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati, mahalliy ozarbayjonlar, talabalar, o‘rta maktab o‘quvchilari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 100 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan "Turon" kutubxonasi O‘zbekistondagi yetakchi kutubxonalardan biri bo‘lib, 2020 yilda Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ida kutubxona uchun milliy uslubdagi yangi bino qurilib ochildi. Yaratilgan burchakda Ozarbayjon madaniy merosi va uning go‘zal diyori - Ozarbayjon madaniyati beshigi bo‘lgan Qorabog‘, yodgorliklar maketlari, milliy gilamlar, taniqli qorabog‘liklar portretlari, har ikki mamlakat xaritalari, suvenirlar, Qorabog‘ haqidagi ko‘plab nashrlar, milliy musiqa asboblari, fotosuratlar va boshqalar taqdim etilgan.

Qizil lentani kesish marosimi - burchakning ochilishidan so‘ng, ishtirokchilarga kutubxonaga tashrif buyurgan har bir o‘quvchi uchun burchak ochiq bo‘lishi va bu yerda Ozarbayjon madaniyati targ‘ib qilinishi, uning tarixi va madaniyati o‘rganilishi nafaqat Ozarbayjon uchun, balki umuman turkiy va Islom dunyosi uchun ham muhim ekanligi aytib o‘tildi. Burchakda asrlar davomida Ozarbayjon xalqi tomonidan yaratilgan buyuk madaniyat, adabiyot va musiqa haqidagi stendlar doimiy ravishda namoyish yetiladi.

Shuningdek, ishtirokchilar diqqatiga Ozarbayjonning Qorabog‘ diyori mashhur insonlari fotosuratlari, Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Mohir qo‘llar" to‘garagi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan Qorabog‘ ramzi bo‘lgan - "Xari Bulbul" guli ham havola etildi. Ta'kidlanishicha, "Xari Bulbul" guli dunyoda faqat Ozarbayjonning Qorabog‘ diyori va Shushada o‘sadi .

Rasmiy ochilish marosimida "Turon" kutubxonasi direktori Dildora Abduazizova so‘zga chiqib, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar uzoq tarixga ega ekanligini, O‘rta asrlarda buyuk Ipak yo‘li xalqlarimizni birlashtirganini, mustaqillik yillarida esa bir xil ildizga, madaniyatga, urf-odat va an'analarga ega bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilganini e'tirof etdi. Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyatini keng targ‘ib qiluvchi amalga oshirilayotgan loyihalarga yuqori baho berar ekan, Dildora Abduazizova yaratilgan burchak do‘stligimiz, Ozarbayjonning boy madaniyati, qadimiy tarixini doimo namoyish etishini ta'kidladi. U loyiha Ozarbayjon madaniyatining durdonasi sifatida Qorabog‘ni o‘rganish va targ‘ib qilishga hissa qo‘shishini aytdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov so‘zga chiqib, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik doimo yuksak saviyada ekanini va davlatlarimiz o‘rtasidagi bunday aloqalarni yaratish buyuk rahbar Haydar Aliyevning xizmati ekanini ta'kidladi.

Samir Abbosovning ta'kidlashicha, yaratilgan burchak Ozarbayjon va uning viloyati madaniyati hamda turizmini doimiy ravishda targ‘ib qiladi. U Qorabog‘ markazi, Ozarbayjonning madaniyati beshigi Shusha shahar haqida so‘zlar ekan, birgina shaharda 248 dan ortiq tarixiy obida borligini ta'kidladi.

Shusha va uning ahamiyati haqida so‘zlar ekan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning so‘zlarini tilga oldi: "Ozarbayjon uchun Shusha milliy g‘urur, milliy o‘zlik, madaniyat, san'at, tarixdir".

Diplomat Shusha ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, uni "Kavkaz konservatoriyasi" deya nomladi, Ozarbayjon musiqa, mug‘am, va baxshi san'atini rivojlantirish va ommalashtirishda beqiyos rolini alohida ta'kidlab, Kavkazda birinchi marta teatrlar, Yevropa va Sharq mamlakatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan konsertlar, nashriyotlar, kutubxonalar, real maktablar va seminariyalar ochilishi aynan Shushada tashkil etilganini aytdi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirining yordamchisi Ma'rufjon Yo’ldoshev ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, oliy darajadagi aloqalar va davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari o‘zaro munosabatlarda yangi imkoniyatlar ochayotganini ta'kidladi. O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyatiga doimiy katta qiziqish borligini ta'kidlab, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O‘zbekistonning turli shaharlarida Ozarbayjon markazlari va burchaklari yaratilgani va bu markazlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlaganini e'tirof etdi. M. Yo‘ldoshev Ozarbayjon tarixi boy madaniyat va adabiy an'analarga ega bo‘lgan juda qadimiy va qardosh mamlakat ekanligini ta'kidlab, yaratilgan burchakning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Turon kutubxonasiga taqdim etilgan Ozarbayjon haqidagi nashrlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining muovini Gayrat Majid ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy aloqalar, 2021 yilda Ozarbayjonda "Nizomiy Ganjaviy yili"ga bag‘ishlangan Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birgalikdagi loyihalar haqida so‘z yuritdi. Uning ta'kidlashicha, Qorabog‘ adabiyot va san'atning buyuk namoyandalari, Uzayir Hojibekov, Mulla Panoh Voqif, Xurshudbonu Notavon, Abdurahim bek Haqverdiev kabi san'at daholarining vatani hisoblanadi.

So‘ngra marosimda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi doirasida 2017 yilda tayyorlangan "Ozarbayjon, Qorabog‘ va tinchlik uchun kuyla" musiqiy klipi namoyish etildi. Musiqiy videorolikda 30 dan ortiq yosh o‘zbek musiqachilari Qorabog‘ haqida musiqa ijro etishgan.

O‘zbekiston Madaniyat va san'at universiteti talabalari "Qorabog‘ shikastasi" sadolari ostida Ozarbayjon Madaniyat Markazining milliy liboslar, an'anaviy liboslar to‘plamini namoyish etishdi.

Tadbirning badiiy dasturida Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli milliy raqslar ijro etdi. Shuningdek, "Arshin mal alan" operettasidan parchalar taqdim etildi.

24.05.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint