Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Vikipediyada “Xaribulbul” xalqaro musiqa festivali haqida o‘zbek tilidagi bo‘lim foydalanishga berildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida “Vikipediya” elektron ensiklopediyasida “Xaribulbul” xalqaro musiqa festivali haqida o‘zbek tilidagi bo‘lim ishga tushirildi.

Yaratilgan bo‘limda festivalning vujudga kelishi, uning nomining kelib chiqishi, Ozarbayjon madaniyati beshigi Shusha shahrida o‘tkazilishi hamda tarixga safar qilinib, bu haqda qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

Virtual bo‘limda ta'kidlanishicha, Ozarbayjonda ko‘pdan beri Xaribulbul deb atalgan gul mamlakatning Shusha va Qorabog‘ platosida keng tarqalgan bo‘lib, Qorabog‘ mojarosi boshlanganidan so‘ng Xaribulbul Ozarbayjon xalqining kurash ramziga aylangan, ko‘pchilik uchun gul so‘zi qayg‘u, kadar, og‘riq va hasrat ramzi sifatida tilga olingan.

Maqolada qayd etilishicha, 2020 yilning 27 sentabridan 10 noyabrigacha bo‘lgan davrda Xaribulbul belgisi Vatan urushida halok bo‘lgan shahidlarni xotirlashda keng qo‘llanilgan va bu belgi buyuklik, g‘urur va adolatsizlikka qarshi egilmas bo‘lgan g‘alaba timsoli bo‘lib kelgan. Asta-sekin Xaribulbul ozodlik urushining ramziga aylandi, shahidlarning yorqin xotirasi va Ozarbayjon armiyasining g‘alabasi ramzi sifatida mashhur bo‘la boshladi.

Bundan so‘ng bo‘lim festival haqidagi ma'lumotni o‘z ichiga oladi. Qayd etilishicha, mashhur Ozarbayjon xonandalik maktabining namoyandasi Sayid Shushinskiyning 100 yilligi munosabati bilan Festival 1989 yildan o‘z ishini boshladi, 1990 yilda esa xalqaro maqomga ega bo‘lgan festivalda Turkiya, Yaponiya, AQSh, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Afg‘oniston va SSSR respublikalari ishtirok etgan va festival doirasidagi konsert Ozarbayjonning Qorabog‘ o‘lkasining Agdam, Barda va Ag‘chabadi shaharlarida o‘tkazilgani haqida ma'lumotlar berilgan.

Virtual sahifada 1992 yil 15 mayda boshlanishi rejalashtirilgan to‘rtinchi festivalning bekor qilinishi haqida ham so‘z boradi. 30 dan ortiq mamlakatdan 500 nafar musiqachi ishtirok yetishi kutilgan "Xaribulbul" festivalining o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, arman tajovuzi, Qorabog‘da urush alangalanishi va arman qurolli kuchlari tomonidan tarixiy Shusha shahrining bosib olinishi tufayli bekor qilingani ta'kidlanadi.

"Festivalning tiklanishi" deb nomlangan bo‘limda 2020 yil 8 noyabr kuni Ozarbayjon madaniyati beshigi tarixiy Shusha shahrining arman bosqinchilaridan 28 yildan so‘ng ozod qilinishi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021 yil yanvar oyida Madaniyat vaziri Anar Kerimovni qabul qilganida Shushada Xaribulbul festivalini jonlantirish zarurligi haqidagi eslatmasi va yaqin kelajakda ushbu folklor festivali an'anasini tiklash masalasi o‘z aksini topdi.

Bo‘limda prezident Ilhom Aliyevning 2021 yil 7 maydagi buyrug‘i bilan Shusha shahri Ozarbayjonning madaniyat poytaxti deb e'lon qilingani va bu buyruqqa binoan "Voqif nomidagi she'riyat kunlari", Shusha "Xariulbul"musiqa festivalini qayta tiklangani ta'kidlanadi.

2021 yilning 12-13 may kunlari Haydar Aliyev jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Xaribulbul musiqa festivali 30 yildan so‘ng o‘z ishini boshladi va musiqa festivali o‘tkazildi. Bo‘limda festival haqida ma'lumotlar, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Xaribulbul festivalining ochilishida so‘zlagan nutqi, Ozarbayjonda yashovchi xalqlar xalq ansambllarining konsertlari, shuningdek, Ozarbayjon qo‘shiqchilari Bulbul, Sayid Shushinskiy, Xon Shushinskiy, Rashid Beybutov, Shovket Alekperovalarning ijrolarini aks ettirgan videolar va boshqalar o‘rin olgan.

Vikipediyada "Xaribulbul" musiqa festivali nomli o‘zbek tilidagi bo‘limda bu yilgi festival ishtirokchilari ro‘yxati, ularning chiqishlari haqida ma'lumotlar va fotosuratlar berilgan.

O‘zbek tilida foydalanishga berilgan "Xaribulbul musiqa festivali" deb nomlangan virtual bo‘lim bilan havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Ozarbayjon Madaniyat Markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Vikipediyaning Ozarbayjon tilidagi "Xaribulbul musiqa festivali" deb nomlangan virtual bo‘limi muayyyan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan boyitilgan.

26.05.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint