Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Maqsud Shayxzoda: erkka intilgan shoir” nomli filmning suratga olish ishlari boshlandi.


"O‘zbekkino "Milliy agentligi buyurtmasi bilan O‘zbekistonning “First Art Media” studiyasi "Maqsud Shayxzoda: erkka intilgan shoir" filmini suratga olish ishlarini boshladi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning buyrug‘i bilan ushbu mamlakatning mashhur klassiklari haqida hujjatli va badiiy filmlar ishlab chiqarish hamda ular asarlarining qayta nashri amalga oshiriladi.

O‘zbekiston "First Art Media" studiyasi, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, O‘zbekiston va Ozarbayjon Davlat teleradiokompaniyasi ko‘magida tayyorlangan filmning asosiy qismini Maqsud Shayxzodaning vatani Ozarbayjonda, shuningdek, u tug‘ilib o‘sgan Oqtosh tumanida suratga olish rejalashtirilgan.

"Maqsud Shayxzoda: erkka intilgan shoir" hujjatli filmi munosabati bilan O‘zbekistonda ayrim ishlar amalga oshirildi, film ssenariysi aniqlandi, rollarni ijro etadigan aktyorlar aniqlandi va O‘zbekistonda bir qator suratga olish ishlari olib borildi.

Joriy yilning yozida filmning ijodiy jamoasi Ozarbayjonga yo‘l oladi va Ozarbayjon Davlat televideniesi bilan hamkorlikda mamlakatimizda suratga olish ishlarini boshlaydi.

Umrining ko‘p qismini O‘zbekistonda muhojirlikda o‘tkazgan ozarbayjon va o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘li, o‘zbek dramaturgiyasining asoschilaridan biri Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyotining klassigi hisoblanadi, uning ijodi qardosh O‘zbekistonda juda sevib o‘rganiladi. Adabiyotshunoslar Shayxzodani "o‘zbek adabiyotining Shekspiri"deb bejiz atamaganlar.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovning ta'kidlashicha, Maqsud Shayxzoda o‘z ijodi bilan ikki xalq o‘rtasida abadiy do‘stlik ko‘prigini yaratgan, Husayn Jovid va Abdulla Shoiq kabi klassiklar dars olgan Maqsud Shayxzodaning asarlari o‘zbek adabiyoti durdonalari ro‘yxatiga kiritilgan. S. Abbosov "Ozarbayjontelefilm" tomonidan M. Shayxzoda haqida "Ikki xalq o‘g‘li" hujjatli biografik film olinganligini va bu yil O‘zbekiston ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqishini yuksak baholadi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Shayxzoda o‘z chiqishlarida Vatani – Ozarbayjonga bog‘liqligini va ozarbayjon bo‘lganini doimo faxr bilan ta'kidlagan: "mening ikkita vatanim bor. Baxtli emasmanmi?! Nizomiy asarlarini Navoiyning ona tiliga, Navoiy asarlarini esa Nizomiyning ona tiliga tarjima qilish saodatiga muyassar bo‘ldim. Baxtli emasmanmi?! Qalamning ilohiy qudrati bilan yozilgan asarlarim o‘zbek xalqining muvaffaqiyatli ertangi kuni bo‘lsa va bu baxtni bir ozarbayjon farzandi o’laroq qardosh xalqqa baxsh etmak tolei peshonamga yozilgan bo‘lsa, men baxtli emasmanmi?" deya Maqsud Shayxzoda o’z hayoti va badiiy ijodini ta'riflagan.
Toshkent va Bokuda hujjatli filmning keng taqdimoti o‘tkaziladi.

27.05.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint