Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg18
  • bg19
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida “Mustaqillik kuni: tariximizning shonli sahifasi” mavzusida xalqaro onlayn video konferensiya bo'lib o'tdi.


O'zbekistonda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan 28 May kuni Ozarbayjon hududlarida faoliyat yuritayotgan “O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati” va O'zbekistonning turli universitet va madaniy muassasalarida tashkil etilgan Ozarbayjon burchaklari tashkilotchiligi bilan “Mustaqillik kuni: tariximizning shonli sahifasi” mavzusida xalqaro onlayn video konferensiya bo'lib o'tdi.

Tadbirni ochar ekan, Lankaran Haydar Aliyev Markazi direktori Rayhona Sodiqova xalqimiz milliy o'zligini, o'z-o'zini anglashini o'ziga qaytargan, mustaqil davlat qurish salohiyatiga ega ekanligini isbotlagan va butun dunyoga namoyish etgan, 103 yil muqaddam tuzilgan Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati, uning yaratilishi, 70 yildan so'ng yangidan xalqimizning istiqlolga erishgani, mustaqil Ozarbayjon qo'lga kiritgan yutuqlari haqida so'zlar ekan, mustaqilligimizning mustahkamlanishida, Ozarbayjonning jahonda qudratli davlatga aylanishida prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati va alohida xizmatlarini e'tirof etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov 28 May - Respublika kuni haqida batafsil ma'lumot berib, barcha ishtirokchilarni Vatan ozodligi va g'alaba bilan tabrikladi.

S. Abbosov, endi har birimiz faxr bilan ayta olamizki, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining vorisi bo'lgan mustaqil Ozarbayjon dunyo davlatlari orasida dadillik bilan rivojlanib, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda, har bir ozarbayjon faxrlana oladigan davlatga aylandi, deya ta'kidladi. Diplomat Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davridagi tajriba nafaqat mustaqillikni qo'lga kiritish, balki uni asrab-avaylash va rivojlantirish asosiy masalalardan biri ekanligini yana bir bor isbotlaganini aytib o'tdi. U Ozarbayjon xalqining milliy rahnamosi Haydar Aliyevning hokimiyatga qaytishi va u amalga oshirgan siyosat natijasida Ozarbayjonda davlatchilik saqlanib qolganligi, bugungi Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida mustaqil Ozarbayjon dunyo davlatlari orasida o'z o'rnini egallab, katta zafarlarga erishganligini ta'kidladi.

So'ngra 28 May - Respublika kuni munosabati bilan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, Nizomiy Ganjaviy nomidagiToshkent Davlat Pedagogika universiteti professori Erkin Nuriddinov Ozarbayjon davlatini Respublika kuni va Vatan tuproqlarini ozod etilganligi bilan tabrikladi. Bugungi kunda mustaqil Ozarbayjon erishgan har bir muvaffaqiyat do'st davlatlarni quvontirayotganini qayd etgan professor E. Nuriddinov Ozarbayjon O'zbekiston uchun ishonchli ittifoqchi va strategik hamkor ekanini qayd etib, xalqlarimizning qarindosh-urug'chiligidan, aloqalarning yuqori darajasidan mamnunligini bildirdi.

O'zbekistonning "Turon" Axborot-kutubxona markazi direktori muovini Nasiba Ahmedova, Ujar rayoni Haydar Aliyev Markazi direktori Matanat Garibova, Gazax rayoni Haydar Aliyev Markazi direktori Jeyhuna Huseynova, Zardob rayoni Haydar Aliyev Markazi direktori Kenul Rahimova, Balaken rayoni Haydar Aliyev Markazi direktori Leman Balayeva, Ganja Regional Madaniyat Boshqarmasi maslahatchisi Baxtiyor Murodov, Guba tuman YAP Ayollar kengashi raisi Aysel Sheydayeva o'z chiqishlarida Ozarbayjon xalqining o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi, qozongan zafarlari, qisqa umriga qaramay Jumhuriyatning xalqimiz ozodlik va mustaqillik fikrlari mustahkamlaganini qayd etdilar.

Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda: "Ozarbayjon Xalq Respublikasi agressiya tufayli o'z maqsadlariga to'la erisha olmay tugatilganiga qaramay, u shuurlarda barqaror etgan mustaqillik g'oyasi unutilmadi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O'zbek Tili va adabiyoti universiteti professori, universitetdagi Ozarbayjon o'chog'ii rahbari Gulbahor Ashurova Ozarbayjon Mustaqillik kuniga eng katta sovg'a 30 yildan so'ng Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan Vatan tuproqlarining ozod etilishi ekanini ta'kidlab, O'zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamolning "Ozarbayjon"she'rini o'qib berdi.

Boshqa ishtirokchilar o'tgan davr mobaynida Ozarbayjon xalqi milliy davlatchilik sifatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo'lganini ta'kidladilar. Umummilliy lider Haydar Aliyev tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan siyosat xalqimizning tarixiy-madaniy xotirasini tikladi, milliy o'z-o'zini anglashni rivojlantirdi, ozarbayjonchilik mafkurasi asosida mustaqillikka intilishlarni mustahkamlashga va yaqin kelajakda yangidan haqiqatga aylanishiga zamin yaratdi, deya e'tirof etdilar.

Tadbirda, shuningdek, Shirvan tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Farida Yahyaeva, Masalli tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Dilbar Ibayeva, Jalilabad tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Ofelia Gahramanova, Yardimli tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Agil Agayev, Astara tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Kubra Samadova, Astara Haydar Aliyev Markazi direktori Elza Orujeva, Gabala tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Kamola Gasimova, Xachmaz tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Kenul Askerova, Kurdamir tuman Haydar Aliyev Markazi Direktor Durria Seyidova, Samux tumani Haydar Aliyev Markazi direktor Nurana Hasanova, Shamkir tumani Haydar Aliyev Markazi direktori Aydin Budagov, shuningdek, Yasamal, Sumgait, Sheki, Zagatala, Garadag, Gax tumanlari Haydar Aliyev Markazlari, Ganja Regional Madaniyat Boshqarmasi Samux tuman Markazlashgan kutubxona tizimi ishtirok etdilar.

28.05.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint