Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkent turk maktabiga Respublika Kuni va Ozarbayjon Armiyasi G‘alabasi haqida ma'lumot berildi.


O‘quv yili tugagan kuni Toshkent turk maktabida 28 may – Respublika kuni va Ozarbayjon armiyasining g‘alabasi haqida ma'lumot berildi.

Dastlab talabalar Mustaqillik madhiyasini kuylashdi, so‘ngra Ozarbayjon-Turkiya do‘stligi va qardoshligi haqidagi she'rlar yangradi, "Ozarbayjon-Turkiya" she'ri tinglandi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov talabalarni o‘qishni bitirganlari bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Samir Abbosov 28 may – Respublika kuni haqida so‘zlab berdi va 103 yil oldin, 1918 yilning 28 may kuni, musulmon dunyosida birinchi dunyoviy demokratik respublika tashkil etilganligini e'tirof etdi. Biroq XX asr boshidagi dunyodagi va mintaqadagi murakkab siyosiy vaziyat Ozarbayjonning o‘z mustaqilligini saqlab qolishiga yo‘l qo‘ymadi va oradan atigi 23 oy o‘tgach Ozarbayjon Demokratik Respublikasi quladi.

SSSR parchalanganidan so‘ng 1991 yilda Ozarbayjon o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganligi aytib o‘tildi. U o‘zini Ozarbayjon Demokratik Respublikasining vorisi deb e'lon qilib, bu davlatning bayrog‘i, gerbi va madhiyasini qabul qildi.

S. Abbosov, shuningdek, 44 kunlik Vatan urushi natijasida Ozarbayjon yerlari arman ishg‘olidan ozod qilinganligi haqida so‘zladi.

Bitiruv kuni ozarbayjon va turk tilidagi qo‘shiqlar bilan yakunlandi.

29.05.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint