Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjonning “VMF” soat fabrikasi va Yaponiyaning “CİTİZEN” korporatsiyasi Toshkentda ko‘rgazma-savdo salonini ochdi.


Yuqori texnologiyali va aniq mexanizmlar ishlab chiqaradigan “VMF” Ozarbayjon soat fabrikasi va Yaponiyaning “CİTİZEN” korporatsiyasi Toshkentda ko‘rgazma-savdo salonini ochdi.

Toshkent Markaziy univermagida ko‘rgazma-savdo zalining ochilishida Ozarbayjon va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchilari Husayn Quliev va Eshinori Fudziyama, bu o‘lkadagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, madaniyat va san'at arboblari, ishbilarmonlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

"VMF" rahbari Vohid Mustafoev mehmonlarni qutlab, kompaniyaning tashkil etilishi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Ozarbayjonning "VMF" kompaniyasi o‘tgan asrning 1990-yillarida soat sanoatidagi ilk qadamlarini qo‘ygan. 1997 yilda "VMF" jahonda peshqadam hisoblangan Shveysariyaning "Swatch Group" soat korporatsiyasi bilan hamkorlikni boshlagan.

2018 yilda Ozarbayjonning yuqori texnologiyali va aniq mexanizmlar ishlab chiqaruvchi "VMF" soat fabrikasi “CİTİZEN” korporatsiyasiga qarashli "MIOTA" soat zavodi bilan yanada mukammal hamkorlik bosqichiga o‘tdi va birinchi Ozarbayjon soatlarini ishlab chiqarishni boshladi.

V. Mustafoevning aytishicha, 2019 yilda "VMF" soatining birinchi namunasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievga taqdim etilgan. Soatlar bilan tanishgach, davlat rahbari Ozarbayjon mahsuloti bo’lgan "VMF" yuqori texnologiyali va aniq mexanizmlar zavodining soatlarini butun dunyoga tanitish va eksport qilishni tavsiya etgan.

Husayn Gulievning qayd etishicha, "VMF" kompaniyasi iqtisodiy, siyosiy va eng muhimi, madaniy nuqtai nazarlardan qadrdon bo‘lgan O‘zbekistonni ilk eksport qiluvchi mamlakat deb tanladi. Shunday qilib, 2020 yilda Toshkentda "VMF" kompaniyalar guruhi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasini tashkil qildi. Buni nazarga olgan holda Yaponiyaning “CİTİZEN” korporatsiyasi "VMF"ni o‘zining Markaziy Osiyodagi vakili sifatida tanladi.

Eshinori Fudziyama "VMF" va "CITIZEN" soatlari 2021 yilda Toshkentdagi Markaziy Univermagda ilk ko‘rgazma-savdo zali ochganidan faxrlanishini aytdi. Joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistonning bir necha shaharlarida "VMF "va "CITIZEN" qo‘shma ko‘rgazma-savdo zallari ochilishi kutilmoqda.

Tadbir so‘ngida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi.

08.06.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint