Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.


Toshkentda “Sharqning buyuk shoirlari Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning hayoti va ijodi: o‘xshash taqdirlar” mavzusida xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Davlat irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash instituti tomonidan tashkil etilgan seminarda Ozarbayjon va O‘zbekistonning taniqli olimlari ishtirok etdi.

Seminarni ochib bergan Kamoliddin Behzod nomidagi Toshkent rassomlik va dizayn instituti dosenti Oybek Qosimov Sharqning ikki daho shoiri Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, bu shoirlarning Sharq adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi (ANAS) A. Bakixanov nomidagi Tarix instituti Ijrochi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jabi Bahramov, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi Yusif Mammadov tabrik so‘zi bilan so‘zga chiqdi.

Ozarbayjon olimlari, professorlari Ramiz Askar, Tarlan Guliev, Mais Amraxov, filologiya fanlari doktori Almaz Ulvi Binnatova, filologiya fanlari doktori Taxmina Badalova, tarix fanlari doktori Nigor Axundova, shuningdek, o‘zbek olimlari Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoyi o‘lmas "Xamsa"lari, beshlikka kiritilgan alohida asarlar haqida batafsil so‘z yuritdilar.

16.06.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint