Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Turk Kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


24 iyun kuni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turk Kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amreev, Ozarbayjon Davlat sayyohlik agentligi raisi Fuad Nag‘iev, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Yersoy, Qozog‘iston Madaniyat va Sport ishlari vaziri Akto‘ti Raimqulova, Qirg‘iziston Iqtisodiyot va Moliya vaziri muovini Seit Risaliev boshchiligidagi delegasiyalar ishtirok etdi.

Majlisni ochar ekan, Turk Kengashi raisi Bag‘dad Amreev postpandemiya davridan keyin a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, turizm sohasini to‘la tiklash, bu yo‘nalishda yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish haqida axborot berdi.

O‘zbekiston bosh vaziri muovini, Sport va turizm vaziri Aziz Abduxakimov Turk Kengashiga a'zo davlatlar o‘rtasida turizm va transport-logistika sohasini mustahkamlash, bu o‘lkalar poytaxtlari va boshqa shaharlari aro aviareyslarni qayta tiklash va yangilarini ochish, poytaxtlarda yangi sayyohlik markazlari faoliyatini boshlash, turli festivallar, sport musobaqalari barpo etish va boshqa sohalarda birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishni taklif etdi.

Ozarbayjon Davlat sayyohlik agentligi raisi Fuad Nag‘iev o‘z nutqida a'zo mamlakatlar ko‘plab sohalarda, jumladan, sayyohlik sohasida ham ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni davom yettirayotganini ta'kidladi.

O‘tgan yil global turizm sohasi uchun qiyin bo‘lganini ta'kidlab, inqiroz butun dunyo bo‘ylab turizm sohasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatganiga urg‘u bergan F. Nag‘iev dedi: "Shunga qaramay, 2020 Ozarbayjon uchun quvonchli yil bo‘ldi. 28 yil oldin Armaniston ishg‘ol qilgan hududlarimizni ozod qildik. Afsuski, armanlar uzoq yillar davomida bosib olingan shahar va qishloqlarimizdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, masjid va ibodatxonalarni vayron qildilar".

Uning qayd etishicha, vayron bo‘lgan yodgorliklar, masjidlar va boshqa tarixiy ob'ektlar Ozarbayjon hukumati tomonidan tiklanadi, hukumat ozod etilgan yerlardagi sayyohlik salohiyatini tiklash va rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Qadimiy Qorabog‘ yerlari yangi turizm yo‘nalishida dunyoni hayratda qoldirishiga ishonch bildirgan F. Nag‘iev o‘z nutqi oxirida siyosiy va ma'naviy madad uchunTurkiyaga, jumladan, Turk Kengashi va boshqa turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda pandemiyadan so‘ng ushbu mamlakatlarda "Ziyorat turizmi" loyihasining ishga tushirilishi, a'zo mamlakatlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro havo qatnovlarining qayta tiklanishi va bu yo‘nalishdagi boshqa masalalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng a'zo mamlakatlar turizm vazirlari chiqishlar qilib, hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida Bag‘dad Amreev Qo‘qonni Turkiy olamning turistik poytaxti deb e'lon qildi.

Uchrashuvda xorijlik mehmonlar, shuningdek, O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari Farg‘ona viloyatining sayyohlik yo‘nalishlari, "Ziyorat turizmi" imkoniyatlari, ekoturizm, viloyatning gastronomik salohiyati bilan tanishdilar.

30.06.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint