Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbek muallifining 44 kunlik urush haqidagi kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.


Mening Ozarlardan o’rtoqlarim ko’p,
Do’stlikda ularda yo'qdik kamu ko'st!
Ularning har biri Vatanga sodiq –
Yarim yo'lda tashlab ketmaydigan do'st!
Faqat bir iltimos, esingda tursin,
Tilingga chiqarma bitta kalomni.
Birgina “Qorabog'” dega so'z bilan
Titroqqa solasan Ozarbayjonni!

O'zbekistonning mashhur yozuvchisi, “Kitob Dunyosi” gazetasi bosh muharriri, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining faxriy a'zosi, Jahon yosh turkiy Yozuvchilar uyushmasi maslahat Kengashi a'zosi Xosiyat Rustamning “Ismi Lala edi u qizning...” dostoni 44 kunlik Vatan urushi davrida yozilgan eng unutilmas adabiy namunalardan biridir.

O'zbek shoirasining Ozarbayjonga bu galgi tashrifi shu she'rni o'z ichiga olgan "44 kun" kitobining taqdimoti bilan bog'liq.

Tadbirni kirish so'zi bilan ochib, Sumgait she'riyat uyi direktori Ibrohim Ilyosli yangi nashrni ham Ozarbayjon, ham o'zbek kitobxonlari uchun juda qimmatli kitob deb atadi.

U tadqiqotchi-yozuvchi Shuhrat Barlasning ham turk dunyosi uchun muhim asarlarga qo'l urganini ta'kidlab o'tdi: "44 kunlik urushda Shuhrat Barlas oxirigacha biz bilan birga ekanligini va hatto jang qilishga tayyor ekanini aytdi"

Xosiyat xonim ham, tarixchi-yozuvchi Shuhrat Barlas ham O'zbek-Ozarbayjon adabiy-madaniy aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Ali Karim nomidagi Sumgait shahar she'riyat uyining faxriy a'zolari etib saylandi.

Milliy Nodavlat tashkilotlari Forumi Kengashi a'zosi, shoir Akbar Goshali yangi nashrni tarixiy voqea deb hisobladi. U mehmonlarning Shusha shahriga tashrifi muhimligini ta'kidladi. "Xosiyat xonim ham, Shuhrat bey ham 44 kunlik urushda Ozarbayjonning haq ovozini dunyoga yetkazishda bebaho xizmat ko'rsatdilar. Xosiyat xonim 44 kunlik urushda har kuni yozardi"

Darvoqe, nashrga Xosiyat Rustamning urush paytida yozgan kundalik yozuvlari ham kiritilgan.

Kitobning adabiy maslahatchisi, Milliy Majlis Madaniyat Komiteti rahbari Ganira Pashayevaning iltimosiga ko'ra, shahidlar xotirasi 1 daqiqalik sukut bilan yod etildi. Deputat mehmonlarni qutlar ekan, Xosiyat xonimning fidokorona mehnatiga yuksak baho berdi: "Dunyoning turli burchaklarida qoni bir aka-ukalarimiz bor. Ammo 44 kunlik urush paytida birodarlarimiz orasida jim turganlar bo'ldi. Yuragi biz bilan urayotgan aka-singillarimizni ham ko'rdik. Ular g'alabamizga biz bilan quvonishdi. Xosiyat xonim esa ulardan biridir".

Ganira xonim O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyotini targ'ib qilishda Xosiyat Rustam o'z yordamini ayamasligiga e'tibor qaratdi. Deputat shoiraning Tovuz voqealariga bag'ishlangan kitobini alohida ta'kidladi. Vatan urushi davrida Xosiyat Rustamning O'zbekistonda Ozarbayjonning xaq ovozini eshittirishi juda muhim bo'ldi. U yerda armanlar ham yashaydi. Ularning bizga qarshi tashviqotlarining oldini olishda Xosiyat xonim va Shuhrat bek katta rol o'ynadilar. Ganira Pashayevaning ta'kidlashicha, bu haqiqiy ziyoli pozitsiyasidir.

Deputat tadqiqotchi-yozuvchi Shuhrat Barlosning mehnatiga ham yuqori baho berdi: "Shuhrat Barlos armanilar tomonidan Ozarbayjonda ham, O'zbekistonda ham sodir etilgan vahshiyliklarni tarixiy dalillar bilan isbotlovchi kitoblar yozgan. Shu sabab u doimo ta'qib etildi. Hatto Armanilar Sh.Barlosni hibsga olish haqida prokuraturaga ham shikoyat bilan murojaat qilishdi. Bu masala parlament darajasida ko'tarildi, ziyolilarimiz o'z nuqtai nazarini bildirdi".

Ganira Pashayevaning qo'shimcha qilishicha, Nizomiy yilida "Xamsa" asliyatdan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Ayni paytda birodarlashgan shaharlar loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

Xosiyat xonim ham, tarixchi-yozuvchi Shuhrat Barlos ham O'zbekiston-Ozarbayjon adabiy-madaniy aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun taqdirlandilar.

"44 kun" kitobi O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidpgi Ozarbayjon Madaniyat Markazining moliyaviy ko'magida chop etildi.

Markaz direktori Samir Abbosovning aytishicha, Shusha shahriga safar unutilmas bo'lganini, Vatan urushi davrida boshdan kechirganlarini bildirish qiyinligini, bizga g'alaba keltirgan shahidlarimiz xotirasi oldida bosh egishini izhor qildi:" O'zbek qardoshlarimiz bilan Shushaga safar etganimizning sababi ularning bu og'ir kunlarda bizga ko'rsatgan yordamidir. Shushani ko'rish mening eng buyuk orzum edi. Ko'z yoshlarimni tiya olmadim. Urush paytida o'zbek qardoshlarimizni qo'limizdan kelganicha xabardor qildik, Ozarbayjon haqiqatlarini targ'ib qildik. Madaniyat markazimiz 44 kun ichida 244 ta maqola e'lon qildi. Bu masalada bizga katta ko'mak ko'rsatgan Xosiyat xonim va Shuhrat bek bo'ldi."

"44 kun" kitobi bu tashviqotning namunasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Samir Abbasovning qayd etishicha, Shuhrat Salomov Ozarbayjonda taniqli ekanligini, mamlakatimizga doir 10 ta kitob yozgan. U dashnoqlarning ham Ozarbayjonda, ham O'zbekistonda sodir etgan qirg'inning tarixiy dalillarini taqdim yetganligiga e'tibor qaratdi.

U Ganira Pashayevaga O'zbekiston xalq shoiri Kamol Kamolning Ozarbayjonga tashrifi hamda Shushaga tashrifini tashkil etgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Xalqaro Yevroosiyo matbuot jamg'armasi (BAMF) Prezidenti Umud Mirzoyevning aytishicha, Vatan urushi davrida Shuhrat Barlos bilan deyarli har kuni muloqotda bo'lgan: "Turkiya va Pokiston ko'proq tilga olinar, ammo O'zbekiston Markaziy Osiyoda ajralib turardi. 70 yil davomida bizga aka-uka emasligimiz o'rgatildi. Kavkaz xalqlarini do'st deb ko'rsatdilar. Ammo so'nggi yillarda o'zbeklar bilan qardoshlik aloqalarimiz qadimiy ildizlarga ega ekanini isbotlagan ziyolilar tufayli haqiqat oshkor bo'ldi. Bu qardoshlikni mustahkamlashda rol o'ynagan barchaga minnatdorchilik bildiraman."

Shahid Abdulmajid Oxundovning onasi Jayron xonim Hasanova, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi Hayal Rizo ham tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, muallifni yangi nashr bilan tabrikladi.

Shuningdek, mehmonlar Vatan urushi faxriylari jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan "Milliy armiya-100" medali bilan taqdirlandilar.
Qayd etish kerakki, "44 kun" kitobining taqdimoti Gedabeyda ham bo'lib o'tadi.

24.08.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint