Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjon diplomatini “Do'stlik” ordeni bilan mukofotladi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyrug'i bilan 1 sentyabr - mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan bir qator shaxslar davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi.

Bu yil ushbu oliy mukofot - "Do'stlik" ordeniga O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov loyiq ko'rildi. Ozarbayjon diplomati madaniyat, fan, adabiyot, matbuot sohasidagi xizmatlari uchun, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashda taqdirlangan yagona xorijiy mamlakat vakili bo'ldi.

Mukofot Samir Abbosovga O'zbekiston millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stona aloqalar bo'yicha Qo'mita rahbari Rustambek Qurbonov tomonidan topshirildi. U Ozarbayjon bilan aloqalar O'zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etishini, Samir Abbosov rahbarligidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlagani, O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyatini muvaffaqiyatli targ'ib qilayotgani va bu yo'nalishda ko'plab qiziqarli loyihalarni amalga oshirganini ta'kidladi. Qo'mita raisi davlatlarimiz oldida turgan vazifalarni munosib bajarishda Ozarbayjon diplomatining faolligini alohida qayd etdi.

Samir Abbosov, birinchi navbatda, O'zbekiston davlati va xalqini Mustaqillik kuni bilan qutlab, Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik haqida so'z yuritar ekan, davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik yuksak darajaga ko'tarilganini ta'kidladi.

O'zbekiston davlatiga, Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu oliy mukofot - "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirib, kelajakda bu yo'nalishda yanada faol sa'y-harakat qilishini qayd etdi.

Samir Abbosov qo'mita raisi Rustambek Qurbonovga Ozarbayjon madaniyati, xalqimiz iste'dodini namoyon etuvchi Ozarboyjon gilamini, shuningdek, mamlakatimiz haqidagi nashrlarni taqdim etdi.

26.08.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint