Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Xalqaro bedarak yoʻqolganlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.


Butun dunyo 30 avgustni qurolli mojaro, zoʻravonlik, migratsiya va tabiiy ofatlar natijasida bedarak yoʻqolgan yuz minglab odamlar kuni sifatida nishonlaydi. Shu munosabat bilan Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida xalqaro bedarak yoʻqolganlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda elchixona va Madaniyat Markazi xodimlari, mahalliy jamoatchilik vakillari, ozarbayjon faollar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab Madaniyat Markazining Ozarbayjon yerlarini arman bosqinchilaridan ozod qilish uchun jon bergan shahidlar xotirasi uchun yaratilgan "Shahidlar bogʻi"dagi yodgorlik majmuasiga gullar qoʻyildi.

Tadbir ishtirokchilari shahidlar xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etdilar. Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Armanistonning Ozarbayjonga qarshi harbiy tajovuzi natijasida bedarak ketgan odamlar haqida soʻzlab, Vatanning bosib olingan yerlarini ozod qilish uchun halok boʻlgan shahidlar xotirasi xalqimiz uchun hamisha aziz ekanini alohida taʼkidladi. U Armaniston-Ozarbayjon, togʻli Qorabogʻ mojarosi yakunlanishiga qaramay, mojaro davomida Armaniston tomonidan qoʻlga olingan va garovga olingan 4000 ga yaqin yurtdoshlarimiz hamon bedarak yoʻqolgan boʻlib kelayotganini taassuf bilan eʼtirof etdi.

Soʻngra tadbir Ozarbayjon Madaniyat Markazi foyyesida davom ettirildi. Mehmonlarga bedarak yoʻqolganlar kuniga bagʻishlangan kitoblar koʻrgazmasi, fotokoʻrgazma, harbiy asirlar va bedarak yoʻqolganlar hamda garovdagilar boʻyicha Davlat qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilarga Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyati, vatan urushlari va Ozarbayjonning gʻalabasi, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligidagi Ozarbayjonning tinchliksevar va dono siyosati haqida maʼruza va chiqishlar taqdim etildi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi Kutubxona va axborot markazi rahbari K. Pirmamedova bedarak yoʻqolganlarning taqdiri, haq-huquqlari, ularni izlash, inson huquqlari va oila aʼzolari haqida maʼruza qildi.

Tadbirda maʼlum qilinishicha, Armanistonning ishgʻolchilik siyosati natijasida 553 nafar Ozarbayjon fuqarosi qoʻlga olingan va u yerda qatl etilgan. Ulardan 104 tasi ayollar, 448 tasi erkaklar, faqat 137 tasining shaxsi aniqlangan, 74 tasining esa aniq emas.

Qayd etilishicha, Armaniston davlati bu haqdagi Xalqaro Konvensiyani qoʻpol ravishda buzgan.

30.08.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint