Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

    122
  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda 20 yanvar kuni fojianing 31 yilligi munosabati bilan xotira marosimi bo'lib o'tdi.


Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi vaushbu tuzilma huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birgalikda 20 yanvar fojiasining 31 yilligi munosabati bilan xotira marosimi o'tkazdi.

Dastlab Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va marosim ishtirokchilari mazkur markaz oldidagi Haydar Aliyev haykali poyiga gul qo'ydilar.

Ozarbayjonning ozodligi va suvereniteti uchun halok bo'lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut kuzatildi.
Elchi Husayn Quliyevning aytishicha, 20 yanvar fojiasi xalqimizning qahramonligi va g'ururi sahifasidir va u shundayligicha tarixda qoladi. Diplomatning qayd etishicha, fojiadan bir kun o'tib, o'sha paytda Moskvada yashagan milliy rahbarimiz Haydar Aliyev ushbu shahardagi Ozarbayjon vakolatxonasiga tashrif buyurib, matbuot anjumanida Mixail Gorbachev boshchiligidagi kengashda Bokuda sodir etilgan jinoyatlar mas'uliyatini KPSS Markaziy Komiteti siyosiy burosi zimmasiga yukladi. Elchining qayd etishicha, xalq iltimosiga ko'ra hokimiyatga qaytgan Haydar Aliyevning qat'iyati tufayli 20 yanvar fojiasiga siyosiy baho berilgan.

So'ngra marosim ishtirokchilari markaz foyesida tashkil qilingan 20 yanvar fojiasi haqidagi kitob va plakatlar ko'rgazmasini ko'zdan kechirishdi.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori, Professor Erkin Nuriddinovning aytishicha, o'sha kuni kechasi Boku shahriga sovet armiyasi bo'linmalari ogohlantirishsiz kirib kelgan, tinch aholi jangovar transport vositalari, tank, pulemyot, suvosti qurollari va boshqa qurollardan o'qqa tutilgan, natijada 147 kishi halok bo'lgan va ko'plari yaralangan. O'lganlar orasida ruslar, yahudiylar, tatarlar, lezginlar va boshqa xalqlar vakillari ham bor edi.

Diasporamiz a'zosi Ismoil Mammadov va boshqalar imperiya qo'shinlari tomonidan Bokuda uyushtirilgan qonli qirg'in tashkilotchilari va jinoyatchilarini la'natladilar.

20.01.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint