Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg18
  • bg19
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazida O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.


Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O'zbekiston - Ozarbayjon Do'stlik jamiyati bilan birgalikda O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston fan, madaniyat va san'at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar va talabalar ishtirok etdi.

Markaz foyesida O'zbekiston davlati mustaqilligiga bag'ishlangan kitoblar, fotosuratlar, rasmlar ko'rgazmasi namoyish etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov O'zbekiston va Ozarboyjon davlat madhiyalari ijrosidan so'ng yig'ilganlarni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, O'zbekiston tomonidan mustaqillik yillarida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar haqida so'zlab berdi.

S. Abbosovning ta'kidlashicha, o'zbek madaniyati Sharqning eng yorqin va o'ziga xos namunalaridan biridir. O'zbek xalqi o'ziga xos musiqa, tasviriy san'at, betakror oshxonasi, kiyim-kechak madaniyati va me'morchiligiga ega. O'zbeklar mumtoz va quvnoq xalq qo'shiqlari bilan tanilgan. O'zbek xalqi dunyoga Ibn Sino, Beruniy, Xoja Ahmad Yasaviy, Alisher Navoiy, Mirza Ulug'bek, Bobur va ko'plab buyuk olim va faylasuflarni berdi.

Ozarbayjon-O'zbekiston do'stligi haqida so'zlar ekan, davlat rahbarlarining o'zaro tashriflari, hamkorlikni strategik hamkorlik darajasiga ko'tarish borasida erishilgan yutuqlar haqida ma'ruza qildi.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik Jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov so'zga chiqib, mustaqillik yillarida fan va ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, Jamiyat bilan birga o'tkazilgan va o'tkazilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Professor Nigina Shermuxammedova va dotsent Gulbaxar Ashurova O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi do'stona munosabatlar tarixi haqida so'zlab berdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universiteti talabalari Ozarbayjon-o'zbek do'stligi haqida she'rlar o'qishdi.

"O'zbekiston-Ozarbayjon" Do'stlik jamiyatining o'zbekistonlik va ozarbayjonlik faol a'zolari - ozarbayjonlik navoyshunos olim Ramiz Askar, Karimulla Mammadzoda, Akbar Qo'shali jamiyatning faxriy yorliqlari, shuningdek, bir qator faollar-faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.

So'ngra Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan tayyorlangan O'zbekiston Xalq artisti Ramiz Usmonov tomonidan ijro etilgan "Do'stlik Madhi" klipi taqdimoti bo'lib o'tdi. Madaniyat Markazidagi "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi.

13.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint