Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Anar Kerimov Oʻzbekistonda UNESCO Bosh direktori muovini bilan uchrashdi


Oʻzbekistonda safarda boʻlib turgan madaniyat vaziri Anar Kerimov qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

UNESCO Bosh direktorining ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyichamuovini Gabriela Ramos bilan uchrashuvda Ozarbayjonning UNESCO bilan ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.

UNESCO va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlik tarixi haqida soʻz yuritar ekan, Anar Kerimov mamlakatimiz birinchi vitse-prezidenti, UNESCO yaxshi niyat elchisi Mehribon Aliyevaning bu aloqalarni rivojlantirishdagi alohida xizmatlarini qayd etdi. Shuningdek, vazir 2008 yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan ilgari surilgan madaniyatlararo muloqot boʻyicha "Boku jarayoni" xalqaro platformasi haqida maʼlumot berdi. BMT Bosh kotibining hisobotlarida madaniyatlararo muloqotni oʻz ichiga olgan "Boku jarayoni" global platforma sifatida yuqori baholangani qayd etildi. BMT Tamaddunlar Ittifoqi va UNESCO Boku shahrida oʻtkazilgan madaniyatlararo muloqot boʻyicha Jahon forumlarining asosiy hamkorlari hisoblanadi. Dunyoda koʻp madaniyatli va bagʻrikeng mamlakat sifatida qabul qilingan Ozarbayjon farqliklarni oʻzining boyligi deb biladi.

Uchrashuvda Ozarbayjon tarixiy Ipak yoʻlida joylashgan mamlakatlar bilan hamkorlikka katta ahamiyat berayotgani, bu qadimiy yoʻlning zamonaviy taraqqiyotdagi oʻrni muhim ekani alohida taʼkidlandi.

Anar Kerimov, shuningdek, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan ilgari surilgan "Madaniyat uchun tinchlik" (Peas for culture) xalqaro platformasi haqida maʼlumot berdi.

Suhbat chogʻida Armaniston bosqinidan ozod etilgan Qorabogʻ viloyatida UNESCO tomonidan Ozarbayjonga texnik missiya yuborish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda gender tengligi, yoshlar borasidagi hamkorlik, shuningdek, UNESCO tomonidan tashkil etilgan yoshlar forumi muzokaralar mavzusi boʻldi.

16.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint