Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Madaniyat vaziri ICCROM Ijrochi direktori bilan bosqinchilikdan ozod qilingan hududlarda yodgorliklarni qayta tiklashni muhokama qildi


Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Anar Kerimov Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida madaniy merosni asrash va tiklash boʻyicha xalqaro Markaz (ICCROM) Ijrochi direktori Yebber Ndoro bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida vazir ICCROM rahbariga Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarbayjon hududlarda xalqimizga tegishli moddiy madaniy meros namunalari 30 yilga yaqin davr mobaynida vayron qilingani va oʻzlashtirilganini bildirdi. U Ozarbayjon armiyasi 44 kunlik urush natijasida mamlakatimizning hududiy yaxlitligini tiklanganiga eʼtibor qaratdi. Hozirgi kunda Ozarbayjon davlati bosqinchilikdan ozod qilingan hududlarda keng koʻlamli qayta tiklash va qurilish ishlarini olib bormoqda.

Anar Kerimov Madaniyat vazirligining bu jarayondagi oʻz zimmasiga tushgan ishlari haqida maʼlumot berdi. Uning qayd etishicha, vazirlik ozod qilingan hududlarni inventarizatsiyadan oʻtkazib, tarixiy va madaniy yodgorliklarning avvalgi va hozirgi holatini taqqoslagan. Ozarbayjonning eng qadimiy madaniyat markazlaridan biri boʻlgan Shusha shahrida madaniy qurilish ishlari allaqachon boshlangan. Shuningdek, vazir tarixiy obidalarni tiklash jarayonida ICCROM qoʻllab-quvvatlashiga ehtiyoj tugʻilganini E.Ndoro eʼtiboriga yetkazdi.

ICCROM rahbari UNESKO Jahon merosi qoʻmitasining 2019 yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan 43-sessiyasida ishtirok etgandagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Uning qayd etishicha, ICCROMning Ozarbayjon tomoni bilan kelishuviga koʻra, avval tiklash va restavratsiya boʻyicha taʼlim ishlarini oʻtkazish rejalashtirilgan, biroq ular pandemiya tufayli qoldirilgan.

Uchrashuv davomida ushbu taʼlimlarni tiklash, kurslar uchun guruhlarni shakllantirish, onlayn treninglar oʻtkazish, ozod qilingan hududlarda madaniy yodgorliklarni tiklash boʻyicha jonli kurslar va taʼlimlar tashkil etish, interaktiv muhokamalarni amalga oshirish va bularning barchasi uchun texnik komissiya tuzish masalalari va boshqalar haqda fikr almashindi. Shu bilan birga, ICCROM ishtirokida Ozarbayjonda mintaqaviy oʻquv markazlarini yaratish muhokama qilindi.

16.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint