Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon xalqining motam va sharaf kuni – 20 yanvar


Ozarbayjon xalqining qon xotirasiga Qonli Yanvar kabi abadiy muhrlangan 20 yanvar fojiasidan 31 yil o'tdi.

1990-yil 19 yanvardan 20 yanvar o'tar kechasi soat 23:30 da, hech qanday ogohlantirishsiz, poytaxt Bokuga kirib, tinch aholiga qarshi otlangan sovet qurolli kuchlarining harbiy qismlari tomonidan 147 nafar tinch aholini o'ldirilgan, 638 kishi yaralangan, noqonuniy ravishda 841 kishini hibsga olingan va yuzlab odamlarni qiynoqqa solingan. O'sha kunlarda Bokuda sodir etilgan qonli qatliomar va mol-mulkni talash hollari respublikaning ko'plab viloyat va shaharlarida ham amalga oshirilgan. O'ldirilganlar orasida ozarbayjonlardan tashqari 6 rus, 3 yahudiy, 3 tatar, bolalar, keksalar va ayollar ham bor edi...

Sovet imperiyasi tomonidan tayyorlangan bu shafqatsiz tajovuzning asosiy maqsadi - Ozarbayjon xalqining milliy ozodlik ruhini bostirish va shu yilning 9 yanvar kuni Armaniston parlamentining tog'li Qorabog'ni o'z tarkibiga kiritish qaroriga qarshi Bokuda ommaviy noroziliklarning oldini olish edi.

Respublikada hukm surayotgan betartiblik va anarxiya, hokimiyat tepasidagilarning siyosiy layoqatsizligi sabab bo'lgan bu voqeadan so'ng ertalab Milliy rahbar Haydar Aliyev Ozarbayjonning Moskvadagi doimiy missiyasida matbuot anjumani o'tkazib, Bokudagi qirg'inni keskin qoraladi va tinch aholiga qarshi uyushtirilgan bu terrorni inson huquqlari va erkinliklari, demokratik qadriyatlarga qarshi qaratilgan harakat deb atadi.

Ha, aynan 31 yil avval yuz bergan bu qonli fojia yoshi, kasbi yoki siyosiy mavqeidan qat'i nazar, butun Ozarbayjon xalqini birlashtirdi. Bu birlik hech qanday siyosiy, huquqiy yoki insoniy me'yorlarga mos kelmaydigan vandalizm harakatiga qarshi norozilik ifodasi edi – Ozarbayjonga to'satdan bostirib kirgan Sovet qo'shinlari tomonidan sodir etilgan harbiy-siyosiy jinoyat, sobiq Sovet imperiyasiga ishonchsizlik va nafrat hissining birligi edi...

Oradan yillar o'tdi, Ozarbayjon xalqi yangidan birlashdi, bir nuqtaga urilgan temir musht bo'lib qoldi. Bu galgi birlik 44-kunlik Vatan urushida qo'lga kiritilgan porloq G'alaba quvonchi, xalqning davlatiga, armiyasiga, Muzaffar Oliy Bosh qo'mondoniga cheksiz ishonch va rag'batning birligi edi!

31 yildirki, har yili 20 yanvar kuni yuz minglab odamlar qadamjoga aylangan "Shahidlar xiyoboni"ga kelib, Ozarbayjonning ozodligi, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi uchun jon bergan shahidlarni dard va muhabbat bilan yod etishadi...

20.01.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint