XABARLAR 2021
Anar Kerimov Turkiya Madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi
Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Anar Kerimov Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Anar Kerimov barcha sohalarda ikki tomonlama doʻstona va qardoshlik munosabatlarining muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qayd etib, madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bilan mamnunligini bildirdi. Vazir Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar mintaqadagi barcha turk davlatlari uchun namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Uchrashuv chogʻida vazir ozod etilgan hududlarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli rekonstruksiya va qayta tiklash ishlari haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida vazir Anar Kerimovning Turkiyaga tashriflari va Turkiya Madaniyat va turizm vaziri muovini Ahmet Misbah Demirjan boshchiligidagi delegatsiyaning oʻlkamizga safari haqda ham toʻxtalib oʻtildi, qoʻshma loyihalar hamda madaniyat sohasidagi birgalikdagi faoliyat va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Anqaradagi uchrashuv natijalari munosabati bilan sanʼat, muzeylar, kutubxonalar va madaniy meros sohasida madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha doimiy ishlarning ahamiyati qayd etildi. Anqarada ikki mamlakat oʻrtasidagi adaniyat boʻyicha Qoʻshma komissiya yigʻilishida muhokama qilingan va imzolangan hujjatlar uchun harakat rejasini tayyorlash va yaqin kelajakda uni imzolash ishlari yakunlanishi yuzasidan fikr almashildi.
Ular madaniy merosni saqlash va tarixiy yodgorliklarni tiklash sohasida hamkorlik va muvofiqlashtirish boʻyicha Turkiya agentligi bilan hamkorlik doirasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish yuzasidan mamnuniyat bildirdilar.
Yigʻilishda taʼkidlanishicha, joriy yilning 6 oktyabridan 10 oktyabrigacha Madaniyat Vazirligining tashkilotchiligi bilan VII Boku xalqaro kitob yarmarkasi boʻlib oʻtadi va unda Turkiyadan vakillar va noshirlar ishtiroki nazarda tutilgan.
Yigʻilishda, shuningdek,"Yunus Emro yili" va "Nizomiy Ganjaviy yili" doirasida Ozarbayjon va Turkiyada amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusida hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.
17.09.2021