XABARLAR 2021
Samarqand shahridagi “Ipak yo'li” xalqaro turizm universitetiga Ozarbayjon haqidagi kitoblar to'plami taqdim etildi.
Joriy yilning 14-16 sentyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va YuNESKO shafeligida Xivada bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro forumi va TURKSOY tashkilotining navbatdagi sessiyasi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Anar Kerimov O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri muovini, Turizm va Sport vaziri, Samarqand xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduxakimov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Ozarbayjon va O'zbekiston qayta tiklash va konservatsiya sohasida mutaxassislarining o'zaro almashuvi, shuningdek, O'zbekistonning tegishli ta'lim muassasalarida tashkil etilgan fakultetlarda qo'shma treninglar, ushbu sohada mashg'ulotlar o'tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, xalq ijodiyoti sohasida, ayniqsa, yog'och o'ymakorligi, kulolchilik, ipak va boshqa sohalarda tajriba almashish, shuningdek, ikki mamlakat rassomlari ishtirokida festivallar o'tkazish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda Ozarbayjon nashrlarini O'zbekiston davlatining yangi loyihasi doirasida Samarqandda tashkil etilgan Ipak yo'li xalqaro turizm universitetiga berish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida "Ipak yo'li" Samarqand xalqaro turizm universitetiga Ozarbayjon, uning tarixi, davlatchiligi, iqtisodiyoti, turizmi, adabiyoti, tarixiy shaxslar haqidagi ozarbayjon, o'zbek, rus va ingliz tillaridagi kitoblar hadya qilindi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi matbuotga ma'lum qilganidek, Samarqanddagi "Ipak yo'li" xalqaro turizm Universiteti uchun Ozarbayjondan jo'natilgan turizmga oid nashrlar ham yetib kelgach, ular yaqin vaqt ichida ushbu ta'lim muassasasiga yuboriladi.
24.09.2021