Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

27 sentyabr kuni O'zbekistonda Shahidlar xotirasi kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi, poytaxt Toshkentda Ozarbayjon Madaniyat Markazining binosi uch rangli bayrog'imiz rangida yoritildi.


27 sentyabr - Ozarbayjon Respublikasida Xotira kuni nishonlanishi munosabati bilan O'zbekistonda ham shahidlarimiz xotirasiga ehtirom ko'rsatildi va Toshkent markazida joylashgan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi binosi Ozarbayjonning uch rangli bayrog'i rangida yoritildi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovning matbuotga bildirishicha, Toshkentda Ozarbayjon milliy me'morchiligi va koloritini aks ettiruvchi mahobatli bino sifatida tanilgan Madaniyat Markazi binosida Ozarbayjon bayrog'i ranglarining namoyishi shahidlarimiz ruhiga bo'lgan hurmatni yana bir bor namoyon etadi. U Ozarbayjon bilan birga O'zbekistonda ham shahidlarning aziz xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilayotganini ta'kidladi.

Qayd etish kerakki, 27 sentyabr - Ozarbayjonda Xotira kuni munosabati bilan O'zbekistonda ham shahidlarni xotirlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ozarboyjon Madaniyat Markazida bo'lib o'tgan tadbirda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbariyati, O'zbekiston fan va madaniyatining mashhur namoyandalari, mahalliy ozarbayjonlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Avval Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hovlisida shahidlar xotirasiga ochilgan bog' ziyorat qilib, bog'idagi shahidlar yodgorlik majmuasi oldiga gulchambarlar qo'yildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan "Shahidlar o'lmas, Vatandan bo'linmas" she'riy kompozitsiyasi taqdim etildi.

Tadbirda shahidlarimizning ruhlari bir daqiqalik sukut bilan yod etildi.

Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinov o’z chiqishlarida 27 sentyabrning Ozarbayjon tarixidagi ahamiyati haqida so'zlab, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi uchun jon bergan barcha shahidlarimizni hurmat bilan eslashlarini ta'kidlashdi.

Elchining qayd etishicha, Ozarbayjon xalqi arman bosqinchilariga qarshi 30 yilga yaqin davom etgan tajovuzga, agressiyaga qarshi musht kabi birlashib, agressiyaga javoban Vatan urushi olib bordi, Oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev boshchiligida tarixiy adolatni tiklab, o'z ona yurtlarini ozod qildi. U tuproqlarimizni ozod etishda qahramon o'g'lonlarimizning qat'iyati haqida so'zlar ekan, 44 kunlik Vatan urushidagi g'alabaga shahidlarimizning qoni evaziga erishilganini ta'kidladi.

Professor Erkin Nuriddinov 2020 yil iyuldan boshlab, Armaniston yanada Ozarbayjonga qarshi hujum va provokatsiya kuchaytirganini, 27 sentyabr kuni esa Ozarbayjon Respublikasining tinch aholi va harbiy pozitsiyalarini o'qqa tutishi natijasida, dushmanga javob maqsadida Ozarbayjon qarshi hujum operatsiyalarini boshladi, deb qayd etdi, 44 kunlik Vatan urushi natijasida yerlarini ozod qilgan Ozarbayjon xalqining o'g'illari qahramonligi haqida so'zladi.

Tadbir doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan "Zafarga boshlagan yo'l" fotoko'rgazmasi namoyish etildi. Ko'rgazmada Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning "Zafar tvitlari", shuningdek, yerlarimizni ishg'oldan ozod etilishi, arman bosqinchilari tomonidan bizning tuproqlarda sodir etilgan vandalizm aks ettirilgan.

28.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint