Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon madaniyati judolikka uchradi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli rahbari, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kaykep Aliyeva vafot etdi.

Kaykep Aliyeva hayotining koʻp qismini Oʻzbekistonda Ozarbayjon musiqasi va raqsini targʻib qilishga bagʻishladi.

Aslan Qorabogʻlik boʻlgan Kaykep Aliyeva 50 yildan ortiq vaqt mobaynida Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyatini keng targʻib etib, Ozarbayjon diasporasida faol ijod qilib, oʻzi tashkil etgan toʻgaraklarda yuzlab ozarbayjon, oʻzbek bolalar va oʻsmirlarga milliy raqslarni oʻrgatdi. U boshchiligidagi raqs ansambli nafaqat madaniyat markazimiz nufuzini oshirgan, balki Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan davlat tadbirlari, xalqaro festivallar, xalq shodiyonalarida milliy raqslarimizni ijro etigan va targʻib qilgan. Kaykep Aliyeva bu bilan qardosh oʻlkada yashovchi 40 mingdan ortiq ozarbayjonlarning oʻz madaniyati, anʼana va urf-odatlarini unutmasligiga homiylik qildi, shuningdek, boshqalarga milliy raqslarimizni oʻzlashtirib, oʻz nomlari ostida ijro etish imkonini bermadi.

Bu yil Kaykep Aliyev 86 yoshga kirganiga qaramay, umrining oxirigacha taʼtilsiz, tinimsiz mehnat qilib, yosh avlodga Ozarbayjon milliy raqslarini oʻrgatishga oʻz hissasini qoʻshdi.

Ayni paytda Madaniyat Markazi qoshidagi raqs toʻgaraklarida milliy raqslarimizni ozarbayjonlar bilan birga oʻzbek, rus, koreys millatli 86 nafar talaba va oʻsmirlar oʻrganmoqda. Oʻzbekistonda yuksak darajadagi hech qanday tadbir Kaykep Aliyeva rahbarligidagi "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli ishtirokisiz oʻtkazilmaydi.

Madaniyat Markazimiz tomonidan Samarqand, Fargʻona, Margʻilon, Xiva, Urganch, Sirdaryo, Guliston shaharlarida oʻtkazilgan Ozarbayjon madaniyati va musiqasiga bagʻishlangan tadbirlarda Kaykep Aliyeva rahbarligidagi "Ozarbayjon qizlari" raqs ansamblining chiqishlari mahalliy aholi tomonidan ragʻbat va olqishlar bilan kutib olingan.

Xizmat koʻrsatgan sanʼatkor Kaykep Aliyevaning jamoatchilik faoliyati ham eʼtiborga loyiq. Oʻzbekistondagi Mehribonlik uylari bilan ishlovchi "Mehrjon" xayriya jamgʻarmasining hamraisi boʻlish bilan birga, Mehribonlik uylari, maktab-internatlarda tez-tez xayriya tadbirlari tashkil etib, ozarbayjon yetim bolalarga homiylik qilardi, taniqli ishbilarmonlar bilan muloqotda boʻlardi, ularni xayriya tadbirlari va Mehribonlik uylarini qoʻllab-quvvatlashga jalb etardi.

Kaykep Aliyeva Oʻzbekistonda Ozarbayjon diasporasi tashkiloti kengashi aʼzosi, uning diasporasi tashkilotini shakllantirishdagi xizmati juda katta. U haqdagi maʼlumotlar "Dunyo ozarbayjonlari"kitobiga ham kiritilgan.

Kaykep Aliyevaning xizmatlarini inobatga olgan holda 2007 yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni berilgan.

2017 yilda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Oʻzbekistondagi taqdimoti asosida "Ozarbayjon qizlari" raqs ansamblining solisti, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist Kaykep Aliyeva Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining "Faxriy madaniyat xodimi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning ijodi Oʻzbekiston davlati tomonidan yuksak baholanib, bir necha bor faxriy farmon va ordenlar bilan taqdirlangan. 2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyrugʻi bilan "Doʻstlik"ordeni bilan mukofotlandi.

Kaykep Aliyeva shu yilning 30 sentyabr kuni vafot etdi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari va shaxsan oʻz nomimdan marhumning oilasi va yaqinlariga taʼziya bildiraman, Allohdan sabr tilayman.
Alloh rahmat qilsin.

Samir Abbosov
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi
Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori


30.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint