Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan “Ipak yoʻli gavhari” xalqaro kinofestivali doirasida Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida “Ozarbayjon kinosi kunlari”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston fan, madaniyat va sanʼat arboblari, Ozarbayjon diasporasi aʼzolari, qator oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchi va talabalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozarbayjon delegatsiyasi aʼzolari - Madaniyat vazirligi kinematografiya boʻlimi boshligʻi, kinorejissyor va ssenariy muallifi Rufat Hasanov, Xalq artisti, kinorejissyor Vagif Mustafoyev, "Ozarbayjonfilm" studiyasi direktori Fariz Ahmedov, "Boku Media markazi"Ijrochi direktori Oʻrmon Aliyev, "UNEC TF" jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Yellada Aliyeva, "Evroosiyo" xalqaro matbuot jamgʻarmasi rahbari Umud Rahimoʻgʻli, rejissyor Ofoq Yusifli va boshqalar ishtirok etdi.

Avval Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va ishtirokchilar Haydar Aliyev haykali poyiga gulchambarlar va gullar qoʻyishdi.

H. Guliyev marosim ishtirokchilarini qutladi va festival ishtirokchilarini tabrikladi.
Elchining taʼkidlashicha, uzoq yillar davomida Ozarbayjon kinosi shonli yoʻlni bosib oʻtdi, jahon kino tarixiga qimmatli sanʼat asarlarini taqdim etdi. Uning aytishicha, Ozarbayjon kinematografchilari soʻnggi 30 yil davomida Armaniston bosib olgan yerlarimiz haqida turli hujjatli va badiiy filmlar ishlab, 44 kunlik Vatan urushidan soʻng bu ish yanada jadal davom etmoqda. Biz yerlarimizni arman ishgʻolidan ozod qildik va bu haqda hujjatli filmlar va badiiy filmlar suratga olinishi va butun dunyo boʻylab tarqatilishi kerak. Ushbu filmlardan biri bugun ham shu yerda namoyish etiladi.

Elchi Ozarbayjon va oʻzbek kinematografchilari oʻrtasidagi hamkorlik haqida gapirar ekan, ozarbayjonlik mashhur kinorejissor, Xalq artisti Tofiq Togʻizoda bir paytlar Ozarbayjon-oʻzbek doʻstligining yorqin namunasi boʻlgan "Uchrashuv" filmini yaratganini aytib oʻtdi.

"Oʻzbekiston-Ozarbayjon" Doʻstlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinov "Ipak yoʻli gavhari" festivalida katta delegatsiyasining Ozarbayjonni tamsil etishidan mamnunligini bildirib, bu boradagi aloqalarni yanada rivojlantirishga tilak bildirdi.

Rufat Hasanovning qayd etishicha, vaqti-vaqti bilan ozarbayjonlik rejissorlar va sanʼatkorlar Oʻzbekistonda, oʻzbek kinematografchilari esa Ozarbayjonda birgalikda suratga olish ishlarida ishtirok etishgan. Mashhur "Nasimiy" filmining ayrim kadrlari, jumladan, Nasimiy qatl sahnasi Oʻzbekistonda, Xivada suratga olingan.

R. Hasanov kinoijodkorlarimiz yangi filmlar yaratish yoʻlida yaqindan hamkorlik qilishda davom etishlariga ishonch bildirdi. Uning aytishicha, Ozarbayjon kinematografchilarining filmlari bu festivalda Toshkent, Xiva va Nukusda namoyish etiladi.

"Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining maslahatchisi Zumrad Shajalilova mehmonlarni qutlar ekan, mamlakatlarimiz oʻrtasida bunday madaniy tadbirlarni muntazam oʻtkazish zarurligi haqida soʻzladi.

Soʻngra Oʻrmon Aliyev rejissyorligida 44 kunlik Vatan urushi haqida hikoya qiluvchi "Biz" hujjatli filmi namoyish etildi.

30.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint