Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda xalqaro kinofestival doirasida Ozarbayjonning gastronomik sohasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekistondagi "Ipak yoʻli gavhari" xalqaro kinofestivalida Ozarbayjonning gastronomiya sohasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda Ozarbayjon va Qozogʻistondagi gastronomiya sohasida taniqli ekspertlar, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi rahbariyati, Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati aʼzolari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda gastronomiya sohasi mutaxassisi, "www.diyar.az" loyiha menejeri Nigor Amirbekova Ozarbayjon taomlari tayyorlash boʻyicha mahorat darsini namoyish etdi.

Ozarbayjon milliy taomlarining shoh asari boʻlgan dolmaning har xil turlari – bargli, pomidor, qalampir, baqlajon dolma tayyorlash va taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Shu bilan bir qatorda oʻzbek milliy palovini tayyorlash boʻyicha mahorat darslari ham oʻtkazildi.
Ozarbayjon va oʻzbek oshxonasining oʻxshash va oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha chiqishlar taqdim etildi.
Tadbirda har ikki mamlakatning milliy taomlari namoyish etildi va ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

Taqdimot doirasida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan madaniy dastur taqdim etildi. Tadbirda "Oʻzbegim yoshlari" oʻzbek musiqiy guruhi, ozarbayjon soz ustasi Ilhom Abdullayev va "Evrovideniye-2017"ning ozarbayjon ishtirokchisi Diana Hojiyeva tomonidan Ozarbayjon musiqasi ijro etildi.

Qayd etish kerakki, Nigor Amirbekova Ozarbayjonda milliy taomlarimizning butun jilosini namoyish etuvchi www.diyar.az Internet-resurs loyihasining muallifidir.

Mahalliy va xorijiy tomoshabinlar uchun moʻljallangan ushbu raqamli mahsulot taomlarning fotosuratli va tasvirli retseptlari, Ozarbayjon hududida original va unutilganlari haqida toʻliq va ishonchli maʼlumot beradi.

U dunyoning turli mamlakatlari, Turkiya, Arab mamlakatlari, Yevropa, Lotin Amerikasida Ozarbayjon madaniyatini targʻib qiluvchi taqdimotlar oʻtkazgan.

Ishtirokchilar Nigor Amirbekovaning taqdimotiga yuqori baho berib, tadbirning Ozarbayjon madaniyatini tanitish uchun muhimligini taʼkidlashdi.

Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi rahbari Akbar Umarov mahorat darsini yuqori baholashdi, Nigor Amirbekova bilan uchrashib Ozarbayjon milliy gastronomi boy anʼanalarga ega ekanini qayd etishdi. A. Umarov Nigor Amirbekovaga Oʻzbekiston milliy taomlari haqidagi noyob nashrni sovgʻa qildi.

02.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint