Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O'zbekiston jurnalistlari va blogerlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O'zbekiston jurnalistlari va blogerlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, taniqli jurnalistlar va blogerlar, olimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvni ochar ekan, tarixchi Shuhrat Barlos Ozarbayjon va O'zbekiston jurnalistlari va blogerlarining hamkorligi va bu sohada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida gapirdi.

Husayn Guliyev Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarning bugungi darajasi, yanada rivojlanish istiqbollari haqida so'z yuritar ekan, mamlakatlarimiz jurnalistlari va blogerlari o'rtasida yaqindan hamkorlik qilish zarurligini ta'kidladi. Elchi, 44 kunlik Vatan urushi kutilganidek Ozarbayjonning g'alabasi bilan tugagani va yerlarimiz Armaniston bosqinidan ozod qilinganini yana bir bor e'tirof etdi.

Ozarbayjonning bu g'alabasi bizni yanada yaqinlashtirdi. Urush paytida O'zbekiston hukumati, mamlakat fuqarolari, shuningdek, jurnalistlar va blogerlar Ozarbayjon tomonida turib, mamlakatimizning adolatli harakatini qo'llab-quvvatlashdi. Buning uchun O'zbekiston hukumati va xalqiga, jumladan, jurnalistlar va bloggerlarga rahmat aytaman, dedi elchi.

Suhbat so'ngida elchi Shusha va Xiva shaharlarini qardoshlashtirish taklif etilganini aytdi. O'ylaymanki, taklifimiz ro'yobga chiqadi va bu yo'nalishda ishlarni amalga oshiramiz, dedi u.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Madaniyat Markazi faoliyati haqida ma'lumot berib, amalga oshirilgan ishlar, o'tkazilgan tadbirlar, chop etilgan kitoblar haqida so'zlab berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Markaz O'zbekiston ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Urushning 44 kuni davomida mamlakat ommaviy axborot vositalarida 240 dan ortiq maqolalar e'lon qildik va bu boradagi ishlarni davom ettirmoqdamiz, dedi markaz rahbari.

«UNEC TF» fondi departamenti direktori Ellada Aliyeva o'zbek jurnalistlari va blogerlari bilan uchrashishdan xursand ekanini, bu boradagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida gapirib, o'zaro tajriba almashish muhimligini ta'kidladi. U bizning davrimizda ommaviy axborot vositalarining o'rni va dolzarb masalalar haqida bunday uchrashuv va munozaralarni ko'proq o'tkazish muhimligini e'tirof etdi.

Xalqaro Yevrosiyo matbuot jamg'armasi (BAMF) prezidenti Umud Rahimo'g'li tashkilotning maqsad va vazifalari, tashkil etilganidan buyon amalga oshirilgan ishlar va chop etilgan kitoblar haqida so'z yuritdi. Uning aytishicha, Jamg'armaning asosiy faoliyatidan biri Qorabog' voqeliklari haqida maqola va kitoblar yozish uchun Ozarbayjonga xorijlik jurnalist va olimlarni taklif etishdir. Bu yo'nalishda ko'p ishlar qilganimizni faxr bilan ayta olaman, dedi mehmon.

Jurnalist va blogerlar Aqida Maqsir, Shirin G'afurova, Nigora Oqilova, Qamariddin Shayxov, Mohira Sultonova, Farrux Turamurodov, Muazzam Ibrohimova, Shohida Raubayeva va boshqalar 44 kun davom yetgan ulug ' Vatan urushi davrida Ozarbayjonning odil ishiga ko'makdosh ekanliklarini bildirdilar. Ta'lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, mamlakatlarimiz media tuzilmalari o'rtasida axborot almashish muhimligini ta'kidladilar.

03.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint