Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O'zbekiston tashkilotlari o'rtasida ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlik memorandumlari imzolandi.


UNEC Tadqiqot jamg'armasi bo'lim boshlig'i Ellada Aliyeva, Xalqaro Yevrosiyo matbuot jamg'armasi (BAMF) Prezidenti Umud Mirzoyev, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev ishtirokidagi Ozarbayjon delegatsiyasi O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, xalqaro matbuot klubi raisi Sherzod Qudratxo'jayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish, ommaviy axborot vositalari sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish, ta'limlarda ikki mamlakat jurnalistlarining o'zaro ishtiroki masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu masalalar bo'yicha hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Toshkentdagi xalqaro matbuot klubida Ozarbayjon va O'zbekiston tuzilmalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

BAMF Prezidenti Umid Mirzoyev va O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, xalqaro matbuot klubi raisi Sherzod Qudratxo'jayev 2 ta Memorandumga imzo chekishdi. O'zbekiston universiteti va ikkala mamlakat matbuot klublari o'rtasidagi hamkorlikka oid hujjatlar o'z tasdig'ini topdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov va Sherzod Qudratxo'jayev ham hamkorlik memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekiston jurnalistlari uchun ikki mamlakat targ'iboti, ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlik, qo'shma anjumanlar, media-turlar, Ozarbayjon tili kurslarini tashkil etish, Ozarbayjon haqidagi kitob va nashrlarni O'zbekiston xalqaro matbuot klubi, Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari universitetiga yuborish haqida kelishib oldi.

Imzolash marosimida Samir Abbosov 44 kunlik Vatan urushi davrida O'zbekiston matbuoti Ozarbayjonga axborot sohasida juda katta yordam berganini, bu mamlakatda xorijiy mamlakatlardan eng ko'p maqola va materiallar chop etilganini, qardosh o'zbek matbuoti mamlakatimizning adolatli ishini qo'llab-quvvatlaganini ta'kidladi. O'zbekistonga minnatdorlik bildirib, yangi hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan mamnunligini bildirdi. Sherzod Qudratxo'jayev Ozarbayjon bilan hamkorlikka alohida ahamiyat qaratilayotganini, bu yo'nalishdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik tahsinga loyiq ekanini ta'kidlab, yangi hamkorlik tizimi o'rnatilganiga yuqori baho berdi. Umud Mirzoyev kelajakda har ikki mamlakat jurnalistlari va media tuzilmalari o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilishini, yanada yaqin aloqalar yaratilishini ta'kidladi.

04.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint