Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda o'tgan asr boshlarida Turkistonda yuz bergan ochlik, inqirozli vaziyat, mustaqillik mavzusida yozilgan kitob taqdimoti bo'lib o'tdi


O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy uy-muzeyida buyuk yozuvchining nabirasi, olim Xondamir Qodiriy tomonidan tuzilgan “Turkistonda ocharchilik, qahatchilik, yut” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekistonning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Kitobda XIX asr oxirida Turkiston o'lkasida chop etilgan gazetalarda fanga hali ham ma'lum bo'lmagan ocharchilik, inqiroz holati, mustaqillik haqidagi maqolalar to'plangan, chor Rossiyasi va bolsheviklar hukmronligi davrida Turkiston xalqining og'ir hayoti, jadid-ma'rifat harakati, Turkiston bilan Janubiy Kavkaz, Ozarbayjon o'rtasidagi aloqalar o'z aksini topgan.

Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Milliy Fanlar Akademiyasi professori, Tarix fanlari doktori Qahramon Rajabov kitobning ahamiyati haqida gapirar ekan, kitobda keltirilgan maqolalar ilk bor jamoatchilikka ochilgani, materiallarning aksariyati arxivlardan olinganini ta'kidladi. Uning aytishicha, ko'plab materiallar qardosh Ozarbayjon uchun ham muhim, kitobda Ozarbayjon haqidagi qiziqarli manbalar o'rin olgan.

Filologiya fanlari doktori Bahodir Karimov o'tgan asr boshida Turkistonda ro'y bergan voqealar, ocharchilik, millat ziyolilarining jadidchilik harakati, milliy istiqlol mafkurasining paydo bo'lishi va rivojlanishi haqida ma'lumot berar ekan, sovet davrida bolsheviklar olib borgan siyosat natijasida ko'plab ziyolilarimiz qatag'on qurboniga aylanganini ta'kidladi.

Ozarbayjondan xalqaro Yevroosiyo matbuot jamg'armasi rahbari Umid Mirzoyev o'tgan asr boshida Turkiston va Ozarbayjonda yuz bergan voqealar, qatag'on qurbonlari haqida gapirar ekan, arman dashnoqlarining Ozarbayjon hududida olib borgan tajovuzi va bosqinchilik siyosati haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov xalqlarimizning tili, madaniyati, urf-odatlari va an'analari yaqin ekani, ularning tarixi va taqdiri juda o'xshash ekanini ta'kidladi. U Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Hasan bek Zardobiy, Husayn Jovid, Mikoil Mushfiq, Almaz Yildirim va boshqa ziyolilarimiz, ma'rifatparvarlarimizning faoliyatini qayd etib, xalqimizda milliy o'zlik, milliy tafakkur tuyg'usi shakllanganligi, milliy ong uyg'onganligi va kelajakda necha-necha avlod ziyolilari paydo bo'lganini aytdi.

Arman dashnoqlari tomonidan Turkiston, Janubiy Kavkaz va Anadolidagi mahalliy aholiga qarshi olib borilgan qatliomlar haqida gapirar ekan, Samir Abbosov bu qotilliklarni armanlarning turklarga nisbatan hududiy da'volarining mavjudligi deb ta'rifladi. Diplomat rahbarligidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va Turkistondagi voqealar, arman dashnoqlarining xalqimizga qarshi olib borgan qotilliklari, qatag'on qurbonlari bo’lgan xalqimizning fidoyi ziyolilari, ularning faoliyatiga oid loyiha va tadqiqotlarga start berilganini va bu yo'nalishdagi tadqiqot ishlari Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan qo'llab-quvvatlanishini ma'lum qildi.

Kitob muallifi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori, olim Xondamir Qodiriy taqdimot marosimida so'zga chiqib, o'rganilayotgan mavzuning ahamiyati, Turkistondagi ocharchilik, inqiroz holati, xalqlarimiz ziyolilari, qahramon o'g'lonlarinig beqiyos xizmatlari, milliy istiqlol g'oyalari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu voqealarning barchasi Ozarbayjon bilan bog'liqligini ta'kidlab, kelajakda bu yo'nalishda yangi ilmiy-tadqiqot ishlarini yaratish muhimligini qayd etdi.

Tadbir so'ngida Toshkent Sharqshunoslik universiteti talabalarining "Vatanim" she'riy kompozitsiyasi taqdim etildi.

O'zbekistonning mashhur mug'om ustalarining ijrosi katta qiziqish bilan kutib olindi.

05.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint