Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Samarqand va Boku olimlari o'rtasidagi ilmiy aloqalar haqida kitob chop etildi.


Toshkentdagi “Renessans Press” nashriyotida o'zbek tilida “Samarqand va Boku olimlari o'rtasidagi ilmiy aloqalar tarixidan lavhalar (1960-2020)”nomli kitob chop etildi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Samarqand Davlat universiteti bilan qo'shma loyiha asosida tayyorlangan kitob Abdurasul G'oziyev va Abdixoliq Arziqulovlar tomonidan tuzilgan.

Kitobda Ozarbayjon va Samarqand olimlarining ilmiy hamkorligi borasida so'z yuritiladi, bu olimlar haqida hikoya qilinadi.

To'plamda Ozarbayjon olimlari - fizika-matematika fanlari doktori, professor, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi (OMFA)ning muxbir a'zosi Goshgar Ahmedov, akademik, OMFAning haqiqiy a'zosi Ozod Mirzajonzoda, fizika-matematika fanlari doktori, professor, OMFAning muxbir a'zosi Orif Boboyev, fizika-matematika fanlari doktori Amir Habibzoda, akademik, fizika-matematika fanlari doktori Faramaz Maqsudov, fizika-matematika fanlari doktori, professor, OMFAning muxbir a'zosi Yahyo Mammadov, fizika-matematika fanlari doktori Aladdin Maxmudov, fizika-matematika fanlari doktori fizika-matematika fanlari doktori, professor Valeriy Salayev, professor Ali Jafarov, professor Farhod Tagiyev, Fizika-matematika fanlari doktori Karlen Xudaverdiyev, Fizika-matematika fanlari doktori Husayn Chandirov haqida maqolalar e'lon qilingan.

Kitobda vatandoshimiz, Samarqand Davlat universiteti professori, O'zbekistonning "Turon" Fanlar Akademiyasi akademigi Saxovat Ojiyev va ushbu universitet professori, ozarbayjonlik olim, marhum Yusif Alaskerov haqidagi materiallar ham o'rin olgan.

10.01.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint