Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkent viloyati Ozarbayjon diasporasi tashkiloti milliy madaniyatimizni targ'ib qiluvchi kitoblar va ashyolar bilan ta'minlandi.


Haydar Aliyev nomidagi O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov va Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazining Toshkent viloyati bo'yicha raisi G'olib Muslimov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekistonda milliy madaniyatimizni targ'ib qilish masalalari, Toshkent viloyati mahalliy diaspora tashkiloti faoliyati, hamkorlik masalalari, shuningdek, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazi raisi G'olib Muslimov tashkilot markaziy idorasi Nurafshon shahriga ko'chirilgani, O'zbekiston davlati tomonidan alohida xona sharoitlari yaratilgani, milliy madaniyatimizni targ'ib qilish uchun ko'rgazmali qurollarga jiddiy ehtiyoj borligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tadbirlar va targ'ibotlarda foydalanish uchun Toshkentdagi Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markaziga ko'rgazmali qurollar va mamlakatimiz haqidagi boy kitoblar to'plamini sovg'a qildi.

To'plamdan Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon adabiyoti o'zbek tilida" loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar, Ozarbayjon tarixi, madaniyati, sayyohlik salohiyati, adabiyotiga oid ko'plab nashrlar o'rin olgan. Sovg'a qilingan kitoblar orasida Umummilliy rahbar Haydar Aliyev hayoti va faoliyati, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog'liq nashrlar, shuningdek Haydar Aliyev jamg'armasi loyihasi doirasida mamlakatimiz haqidagi bosma nashrlar mavjud.

Bundan tashqari, to'plamdan Ozarbayjon madaniyati haqidagi "İRS NASLEDIE" va "BAKU" jurnallari, Ozarbayjon musiqasiga oid kompakt-disklar, shuningdek, bir qator esdalik sovg'alari, yurtimizni targ'ib qiluvchi milliy liboslar o'rin olgan.

Ta'kidlash joizki, Xo'jali qatliomining o'ttiz yilligi munosabati bilan so'nggi yillarda Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida endilikda o'tmishga aylangan Armaniston-Ozarbayjon, Tog'li Qorabo- mojarolari, shuningdek, Xo'jali qirg'ini haqidagi nashrlar mahalliy diaspora tashkilotiga topshirildi.

O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan an'anaviy tarzda "Ozarbayjon bilan tanishamiz "loyihasi doirasida har yili mamlakatimiz haqidagi kitoblar, jurnallar va elektron nashrlarni yetakchi kutubxonalar, ilmiy va ta'lim muassasalari, Ozarbayjon markazlari va mahalliy diaspora tashkilotlariga hadya etiladi.

07.02.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint