Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ilhom Aliyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.


Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 15 sentyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatimiz rahbari bilan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan mamnuniyat izhor etib, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifini eslatdi. Davlatimiz rahbari davlat tashrifi chog‘ida belgilangan sohalarda ishlar muvaffaqiyatli davom etayotgani, hukumatlararo komissiya faoliyati tashkil etilgani, belgilangan vazifalar bajarilayotganini ta'kidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi o‘zaro tashriflar davom etayotgani, yaqinda Ozarbayjon Milliy Majlisi raisining O‘zbekistonga tashrifi, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik mamnuniyat uyg‘otayotganiga e'tibor qaratdi.

Oldimizda turgan asosiy vazifa barcha sohalardagi aloqalarimizni yanada rivojlantirish ekanini ta'kidlab, Prezidentimiz Ozarbayjon va O‘zbekiston madaniyat arboblarining o‘zaro taqdirlanishini ijobiy baholadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatimiz rahbarini eng aziz do‘st va birodar sifatida yurtimizga tashrifi bilan qutlashini yana bir bor ta'kidladi.

Prezident Ilhom Aliyev ilk bor Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish taklifi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Shanxay hamkorlik tashkilotida muloqot sherigi maqomiga ega ekanini ta'kidlab, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga aynan O‘zbekiston raislik qilgan davrda mamlakatimiz faxriy mehmon sifatida taklif etilganiga e'tibor qaratdi va Prezident Shavkat Mirziyoyevni muvaffaqiyatli raislik bilan qutladi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida yaxshi natijalarga erishilganini ta'kidladi. Prezidentimiz Samarqandda amalga oshirilgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari unda katta taassurot qoldirganini qayd etar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida qardosh O‘zbekistonning rivojlanishi xalqimizga juda manzur bo‘layotganini ta'kidladi. Davlatimiz rahbari biz qardosh, do‘st davlatlar sifatida yana birlashdik va munosabatlarimizni yangi mazmun bilan to‘ldiryapmiz, deb qo‘shimcha qildi.

15.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint