XABARLAR 2022
O‘zbekistonda “Ipak yo‘lining durdonasi”
xalqaro kinofestivali yakunlari sarhisob qilindi.
O‘zbekistonning Toshkent shahrida “Ipak yo‘lining durdonasi” XIV Toshkent Xalqaro kinofestivali yakunlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bergan ma'lumotga ko‘ra, Ozarbayjon tomoni Toshkent va Buxoroda Ayoz Salayevning "Tuproq" va Ilgar Najafning "Sug‘ra va uning o‘g‘illari" filmlarini namoyish etgan. Ushbu filmlar festival doirasida o‘tkazilgan "Ozarbayjon kinosi kunlari" da namoyish etildi.
Ta'kidlash joizki, yopilish marosimida Festival mehmonlari, kino ixlosmandlari, olimlar, san'atshunoslar, kino yulduzlari, kinematograflar, Ozarbayjondan kelgan rejissyorlar, kino sohasi mutaxassislari, shuningdek,O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov mehmonlarni qutlar ekan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Toshkent Хalqaro kinofestivali ko‘tarinki kayfiyat bilan tarixga kirishini ta'kidladi.
O‘zbekiston kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov mamlakatda kinematografiyani rivojlantirish bevosita davlat rahbarining diqqat markazida ekanini ta'kidladi. U 1968 yilda tashkil etilgan Toshkent xalqaro kinofestivalini jonlantirish g‘oyasi va tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyevga tegishli ekanini va bu O‘zbekistonda kinoga qaratilayotgan ulkan e'tiborning amaliy tasdig‘i ekanini ta'kidladi.
Kinofestivalning yopilish marosimida "Kino 5 kunda" xalqaro tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Ushbu mukofotlar 1-o‘rin Temur Murodov (O‘zbekiston)ga "Kaseta" qisqa metrajli filmi uchun , 2-o‘rin Nariman Taktakulov (Qirg‘iziston) ga "Tuproq" nomli qisqa metrajli filmi uchun, 3-o‘rin Feliks Kalmensonga "Quyoshga qo‘shiq"filmi uchun topshirildi.
Tanlovning maxsus sovrini ozarbayjonlik yosh kinorejissyor Aleksandr Xajiyevskiyning "Turon" qisqa metrajli filmiga topshirildi.
Tanlovda dunyoning 19 kino maktabining vakili bo‘lgan 1500 dan ortiq yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Kino Agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov g‘oliblarga mukofotlar va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Ta'kidlash kerakki, "Ipak yo‘lining durdonasi" XIV Toshkent Xalqaro Kinofestivali 13-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Kinofestivalda dunyoning 40 mamlakatidan, jumladan, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Polsha, Kanada va boshqalar ishtirok etdi. Unda 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etdi.
Kinofestival doirasida o‘zbek tomoshabinlariga 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etildi.
19.09.2022