Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Madaniy an'analar va xalqlarning milliy taomlari” Xalqaro festivalida Ozarbayjon namoyish etildi.


O‘zbekistonning Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek Markaziy bog‘ida ushbu mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, elchixonalar, madaniyat markazlari o‘rtasida XVIII “Madaniy an'analar va xalqlarning milliy taomlari” festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, festivalda Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Afg‘oniston, Misr, Belorus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, BAA, Falastin, Ruminiya, Chexiya, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarning namoyondalari ishtirok etdi va mamlakatlarining madaniyati va milliy taomlarini taqdim etdilar.

Ozarbayjon xalqaro festivalda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan namoyish etildi.

Ozarbayjon uchun ajratilgan stendda Ozarbayjon milliy taomlarining durdonalari va shirinliklari namoyish etildi. Turli xil palovlar, shoh palov, do‘lmalar, bargli va sabzavotli do‘lmalar ziravorlar, turli xil qutablar, do‘vg‘a, shuningdek, milliy shirinliklarimiz-shakarbura, paxlava taklif qilindi. Bizning burchakdagi mehmonlarga Ozarbayjon choyi ham taklif qilindi. Ta'kidlash joizki, milliy taomlarimiz Ozarbayjon Madaniyat Markazi buyurtmasi bilan Toshkentdagi "Yemeli" restorani mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.

Festival doirasida davlatlar bayroqlari, turli amaliy san'at ashyolari, milliy esdalik sovg‘alari, taomlar mavzuidagi nashrlar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov so‘zga chiqib, an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro festival mamlakatimiz madaniy hayotini to‘liq boyitib, poytaxt aholisi va mehmonlariga festivalga ishtirokchi mamlakatlar madaniyati bilan tanishish, madaniyat va turizmni rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Ta'kidlash kerakki, milliy taomlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tibbiy-ijtimoiy yordam sifatida Toshkent va Farg‘ona shaharlaridagi Mehribonlik uylari hamda "Muruvvat"nogiron bolalar maktab-internatlariga yo‘naltiriladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir yakunida faol ishtirok etgan muassasalarga milliy an'analar, oziq-ovqat sifati, milliy raqs, musiqa va eng yaxshi liboslar uchun diplomlar topshirildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi milliy taomlarning sifati, professionalligi va yuqori darajadagi taqdimoti uchun maxsus diplom bilan taqdirlandi.

26.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint