XABARLAR 2022
Ozarbayjonning do‘sti, O‘zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol vafot etdi.
O‘zbekiston adabiyoti katta yo‘qotishga uchradi. Ozarbayjonning do‘sti, O‘zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol 85 yoshida vafot etdi.
Jamol Kamolning asosiy xizmatlaridan biri Muqaddas "Qur'oni-Karim"ning o‘zbek tiliga tarjima qilinishidir.
Atoqli shoir O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, jahon adabiyoti dahosi, Ozarbayjon xalqining faxri Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" sini 2015 yildan boshlab o‘zbek tiliga tarjima qilishga kirishdi. 2021 yil "Nizomiy yili" munosabati bilan bu tarjima asari yakunlandi. Shunday qilib, birinchi marta daho Nizomiy Ganjaviyning barcha asarlari o‘zbek kitobxonlariga o‘z ona tilida taqdim etildi.
Shoir bir qator Ozarbayjon shoirlari - Muhammad Fuzuliy, Xalil Rza, Baxtiyor Vahabzoda asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Jamol Kamol Jahon adabiyoti klassiklari Jaloliddin Rumiy, Faridaddin Attor, Mirza Abdulqodir Bedil, Abdurahmon Jomiy, Yunus Amra, Vilyam Shekspir va boshqa shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan edi.
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolning bu xizmatlari Ozarbayjon davlati tomonidan yuksak baholandi. Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimov buyrug‘i bilan "Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi"esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Ganira Pashayeva ko‘magida Bokuda uning 80 yillik yubileyi keng nishonladi.
2021 yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan Nizomiy Ganjaviy xalqaro Forumi doirasida Jamol Kamolning o‘zbek tiliga tarjimasi asosida "Xamsa" ning maxsus nashrining keng taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon madaniyati kunlari munosabati bilan 2021 yilning aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lgan Milliy Majlis Madaniyat Qo‘mitasg‘ning raisi Ganira Pashayeva boshchiligidagi delegatsiyamiz Jamol Kamol bilan ham uchrashdi. Deputat Ganira Pashayeva uning uzun yillar davomida zahmat chekib daho Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" sini o‘zbek tiliga tarjima qilib, o‘z nomini adabiyotimiz tarixiga oltin harflar bilan yozib qo‘yganini ta'kidladi.
Alloh rahmat qilsin.
27.09.2022