Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida xayriya tadbiri o‘tkazildi.


Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat mustaqilligi kunlariga bag‘ishlangan xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahridagi 106, 22 va 102-sonli maktab-internatlar, Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyining 200 dan ziyod tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari ishtirok etdi.

Dastlab bolalar Madaniyat Markazining Ozarbayjon Davlatchiligi Tarixi Muzeyi va Haydar Aliyev Muzeyi bilan tanishdilar, ularga Ozarbayjon tarixi hamda madaniyati haqida keng ma'lumot berildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining kutubxona va muzeylari bo‘yicha mutaxassisi Kifoyat Pirmammedova Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi tarixi, Ozarbayjon davlatchiligi tarixi,tarixda mavjud bo‘lgan Ozarbayjon davlatining tarixiy shaxslari,mamlakatimizning urf-odatlari va an'analari haqida so‘zlab berdi, bolalar va o‘smirlarni turli burchak va eksponatlar bilan tanishtirdi.

Madaniyat Markazining katta zalida davom etgan tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktorining o‘rinbosari Nodir Alimirzayev Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik haqida gapirib, ushbu do‘stlikni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda bolalar zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklanishini ta'kidladi.

U kelajagimiz bo‘lgan bolalarga davlatlarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik haqida so‘zlab berdi va amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyihalar haqida ma'lumot berdi.

Nodir Alimirzayevning ta'kidlashicha, qadimiy Shusha shahri, Qorabog‘ va Sharqiy Zangazur viloyati arman bosqinidan ozod etilgach, keng ko‘lamli qurilish-rekonstruksiya ishlari boshlangan. U bu yil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan mamlakatimizda "Shusha yili" deb e'lon qilinganligini ta'kidlab, Shusha shahri, uning madaniyatimizga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritdi.

So‘ngra bolalarga o‘zbek tilidagi "Qorabog‘ oti" animatsion filmi taqdim etildi.

"Qorabog‘ oti" animatsion filmi 2020 yilda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida o‘zbek tiliga dublyaj qilindi. Ushbu animatsion film "Virtual Qorabog‘ "Ozarbayjon IKT markazi tomonidan tayyorlangan.

Ta'kidlash kerakki, "Qorabog‘ oti" animatsion filmi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish, shuningdek Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasi haqidagi bilimlarini oshirishga mo‘ljallangan.

Tadbir yakunida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan bolalar va tarbiyachi- muallimlar Ozarbayjon va O‘zbekiston milliy taomlariga taklif etildi.

04.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint