Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Bokuda Xurshidbonu Natavan asarlarining o‘zbek tilidagi kitobi taqdim etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, Ozarbayjonning mashhur shoirasi Xurshidbonu Natavan asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasi asosida kitobi nashr etildi va Bokudagi 8-Xalqaro kitoblar ko‘rgazmasida taqdimot marosimi o‘tkazildi. Kitob o‘zbek shoirasi Shahlo Qosimova tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Taqdimot marosimida ozarbayjon va o‘zbek adabiyoti namoyondalari, ko‘rgazma ishtirokchilari ishtirok etdilar.

Marosimda Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon Adabiyoti muzeyi direktori, akademik Rafael Huseynov, o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustam so‘zga chiqdilar.

Ta'kidlash joizki, Boku Xalqaro kitob ko‘rgazmasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining stendi tashkil etildi. Stenddan Ozarbayjonga oid o‘zbek tiliga tarjima qilingan nashrlar joy olgan.

Nashrda Xurshidbonu Natavan asarlari ham ozarbayjon, ham o‘zbek tillarida taqdim etilgan. Bundan tashqari, shoiraning merosi, asarlari, chizgan rasmlari kitobda o‘z aksini topgan.

Kitobga akademik Rafael Huseynov so‘z boshi yozgan. Kitob Shusha yili munosabati bilan nashr etilgan bo‘lib, Boku Xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida taqdim etildi.

06.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint