Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Bokuda o‘tkazilgan Xalqaro Kitoblar ko‘rgazmasi doirasida Elman Quliyevning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Turkiy xalqlar adabiyoti” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti professori, Turk dunyosi adabiyoti tadqiqotchisi, professor Elman Quliyevning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Turkiy xalqlar adabiyoti”nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Boku Ekspo Markazining Bulbul taqdimot zonasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda olimlar, adabiyot ixlosmandlari, ko‘rgazma mehmonlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Ozarbayjon mumtoz adabiyotining milliy madaniyatimizga, adabiyotimizga oid ilmiy asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasi qardosh O‘zbekiston kitobxonlari va tadqiqotchilariga ona tilida o‘qish imkoniyatini berishini ta'kidladi. Samir Abbasovning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan va Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida o‘zbek tilida 100 dan ortiq nashrlar chop etilgan. Professor Elman Quliyevning "Turkiy xalqlar adabiyoti" nomli tadqiqot ishining O‘zbek tiliga tarjimasi va O‘zbekistonda nashr etilishining ahamiyati haqida gapirar ekan, nashr o‘zbek tadqiqotchilari uchun foydali bo‘lishini hamda qardosh o‘lkada faoliyat ko‘rsatayotgan universitetlarning tegishli fakultetlarida qo‘shimcha darslik qo‘llanmasi sifatida foydali bo‘lishishini ta'kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar-Ozarbayjonning TURKSOYDAGI vakili Elchin G‘afarli, O‘zbeyeistondan Termiz Davlat Universiteti prorektori, olim Obidjon Shofiyev, o‘zbek shoirasi, "Kitob dunyosi" gazetasi bosh muharriri Xosiyat Rustam nashrning turkiyzabon mamlakatlarda tarqatilishi tadqiqot uchun qiziqarli manba ekanligini ta'kidladiladilar.

Ozarbayjonlik olimlar-professorlar Yoqub Boboyev, Seyfaddin Rzasoy, filologiya fanlari doktori Karimulla Mammadzoda, yozuvchi-publitsist Nuraddin Adilog‘lu kitob turkiy xalqlar adabiyotini o‘rganish uchun qimmatli manba ekanligini ta'kidlab, uning o‘zbek tilida tarjimasi va nashr etilishini katta voqea sifatida qayd etdilar.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi taqdimotiga asoslan nashr Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek Tili va adabiyoti universiteti qarori bilan qo‘shimcha darslik qo‘llanmasi sifatida tavsiya etilgan.

Xulosa qilib aytganda, kitob muallifi, professor Elman Quliyev turkiy xalqlar adabiyoti muammolarini o‘rganishda kitobning ahamiyati haqida gapirar ekan, bu nashrni Ozarbayjon-O‘zbekiston ilmiy va madaniy aloqalari taraqqiyotida yangi bosqich deb atadi. Muallif O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markaziga ushbu asarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etishga qo‘shgan alohida hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

07.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint